Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 18:00 Qizilqum 1-1 Neftchi
06/05 21:00 Salernitana 1-2 Atalanta
06/05 23:45 Udineze 1-1 Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Joker

Joker

Baho:
+ | -

Darhaqiqat,  istalgan murabbiy o‘z Zahira o‘rindig‘ida Joker kartasi bo‘lishini,  va aynan shu futbolchi yordamida barchasini tubdan o‘zgartib yuborishni istaydi. Futbol olamida kuchli futbolchilar ko‘p,  biroq ular orasidan faqat sanoqliginasi Joker vazifasini bajara oladi.  Bugun ana shunday futbolchilar haqida so‘z boradi.

Tomas Parti

“Atletiko Madrid” jamoasidagi o‘yinlari bilan barchamizga tanish bo‘lgan Parti aslida qaysi nuqtada to‘p surishi borasida aniq bir isbot yo‘q.  Simione uni  markaaziy yarim himoyaga,  tayanch zonasiga,  qanot himoyasiga xatto markaziy himoyada o‘ynashini talab qilsada,  Parti o‘ziga bildirilgan ishonchni to‘liq oqlaydi.  Doim ham asosiy tarkibda maydonga tushmaydigan futbolchi nafaqat unversallgi, balki   zahiradan maydonga tushib jamoasi uchun qulay bo‘lgan taktikaga o‘tishda ham juda qo‘l keladi.  To‘g‘ri,  Parti tezkor emas,  to‘g‘ri u daxshatli zarbasi bilan maqtana olmaydi,  biroq uning mehnatkashligi barcha kamchiliklarini to‘liq yopib keta oladi.

Olive Jiru

“Arsenal” jamoasida Zahira o‘rindig‘ida qolishni boshlagan kuniyoq,  Jiru to‘liq Jokerga aylana boshladi.  O‘sha mavsumda futbolchi zahiradan maydonga tushib 5 bor gol kiritdi v ava 6 bor golli uzatmani amalga oshirdi va  bir necha bor o‘yin taqdirini hal qilgani bilan ham muxlislar yodida qolgani aniq.  Keyinchalik futbolchi “Chelsi”ga o‘tib ketdi.  Klubdagi ilk mavsumda "Evropa Liga"sida g‘olib chiqdi va o‘z gollari bilan jamoasiga katta yordam berdi.  Klub tepasiga Frenk Lempard kelgach,  Jiru jamoadan ketishi kutilgan edi,  biroq bunday bo‘lib chiqmadi.  Lempard fransiyalik hujumchini Djoker vazifasini bajarishi va Abrahamga ko‘mak berish maqsadida klubda olib qoldi.  Hozircha,  Jiruga bo‘lgan ehtiyoj yuqori

Lukas Moura

O‘z vaqtida Neymardanda iqtidorliroq deb e’tirof etilgan Lukasning kariyerasi ko‘pchilik kutilgandek ko‘rinish olgani yo‘q.  Avvaliga PSJning asosiy tarkibiga kira olmagan futbolchi,  “Tottenhem” Zahira futbolchisiga aylanib qolgandek ko‘rinayotgan edi, biroq futbolchi klubga kerakligini isbotdab qo‘ydi.   Ayniqsa o‘tgan mavsumdagi YECHL baxslarida futbolchi klubning chinakam super Jokeriga aylandi.  Ayniqsa yarim final uchrashuvida “Ayaks” darvozasiga kiritilgan 3 ta goldan so‘ng,  u “Tottenhem” muxlislari oldida hurmat qozondi.  Hozirgi kunda ham Lukas barcha uchrashuvlarni asosiy tarkibda boshlamasada,  zahiradan o‘yinni kuchaytira oladigan chinakam quroldek havfli.  Pochetino ham braziliyalikning imkoniyatlarini yaxshi chamalagani bois,  undan juda unumli foydalanmoqda.  Mouraning aslida asosiy tarkib yoki Zahira o‘yinchisi deb bo‘lmaydi.  Sababi,  murabbiy uni zahiradan o‘yinga qo‘shishni istasa,  Lukas ishonchni to‘liq oqlaydi.  Agar asosiy tarkibda boshlasa,  hammani hayratda qoldirishda davom etadi.

Arturo Vidal

Joker atamasi quloqqa eshitilishi bilan barchaning ko‘z o‘ngiga gol kirituvchi hujumchilar kelishi aniq.  Aslida unday emas.  Maydonda hujumchilardanda muhimroq vazifalarni bajaruvchi futbolchilar mavjud bo‘lsada,  ularning mehnatlari doimmo soyada qolib ketadi.  Ana shunday futbolchilaridan biri sanaladigan Arturo Vidal “Barselona”ning chinakam Jokeriga aylanib bormoqda.  Agarda natija uchun o‘ynash kerak bo‘lsa,  u tayanch zonasiga tushuriladi.  Agar gol kerak bo‘lsa,  hujum paytida oldinga qo‘rqmasdan bora oladi va kuchli zarbasi bor.  Bundan tashqari,  o‘yin davomida strategiyaning to‘liq almashtirilishi uchun ham Vidal juda qo‘l keladi.  Sababi,  unga ortiqcha ko‘rsatma berishning xojati yo‘q.  Eng muhimi esa,  u zahiradan maydonga tushsa, o‘yinni buzib qo‘ymaydi,  aksincha o‘ziga yuklangan ko‘rsatmalarni bexato bajaradi va jamoa uchun muhim bo‘lgan ustunlikni klubi tomonga og‘diradi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 12:04, 02.10.2019.
O'qildi: 8441 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.