Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Monpelye 1-1 Nant
27/04 00:00 Real Sosyedad 0-1 Real Madrid
27/04 16:30 Vest Xem 2-2 Liverpul
27/04 17:00 Las-Palmas 0-2 Jirona
27/04 18:00 Lechche 1-1 Monsa
27/04 19:00 Man. Yunayted 1-1 Byornli
27/04 19:00 Vulverhempton 2-1 Luton
27/04 19:00 Fulhem 1-1 Kristal Pelas
27/04 19:00 Nyukasl 5-1 Sheffild Yunayted
27/04 19:15 Almeriya 1-3 Xetafe
27/04 21:00 Yuventus 0-0 Milan
27/04 21:30 Everton 1-0 Brentford
27/04 21:30 Alaves 3-0 Selta
27/04 23:45 Lasio 1-0 Verona
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston - O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter - Torino
28/04 16:00 Mets - Lill
28/04 16:00 Tailand - Eron
28/04 17:00 Kadis - Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem - Arsenal
28/04 18:00 Bornmut - Brayton
28/04 18:00 Loryan - Tuluza
28/04 18:00 Klermon - Reyms
28/04 18:00 Strasbur - Nissa
28/04 18:00 Bolonya - Udineze
28/04 19:15 Granada - Osasuna
28/04 20:05 Renn - Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli - Roma
28/04 21:00 Atalanta - Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion - Monako
28/04 23:45 Fiorentina - Sassuolo
29/04 00:00 Marsel - Lans
29/04 00:00 Betis - Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya

Oqsoq iblislar: “Manchester Yunayted”ning so‘roq ostidagi kelajagi

Oqsoq iblislar: “Manchester Yunayted”ning so‘roq ostidagi kelajagi

Baho:
+ | -

O‘tgan mavsumda boshlangan shirin ertak o‘tgan mavsumdayoq tugadi: Ule-Gunnar Sulsher “Manchester Yunayted” xaloskori, “qotil chaqaloq” kabi laqablaridan ayrildi. Bugun Sulsher ham “MYU”ning oldingi murabbiylarining holatiga tushib qolgan deyarli.  Yana bitta autsayderdan uchralgan mag‘lubiyat, masalan, Yevropa Ligasida guruh bosqichidagi sharmandali mag‘lubiyatning o‘zi shotlandiyalik mutaxassisning iste’fosiga sabab bo‘lishi mumkin.

Sulsherning intervyularidan birida aytgan gapi e’tiborimni tortgandi: “Manchester Yunayted” hech qachon top futbolchi sotib olmagan. Futbolchilar “MYU”da yulduzga aylanadi”. Nazarimda, Sulsher omadsizliklarni top futbolchilar sotib olinmagani bilan izohlagandek tuyildi. Ammo jamoani uzoq yil boshqargan Ser Aleks Fergyuson ham deyarli top darajadagi futbolchi xarid qilmagan. Ammo “Manchester Yunayted” bilan qanday yutuqlarni qo‘lga kiritganligini bilasiz.

Sulsherning “Manchester Yunayted”ni boshqarishdagi omadsizligi tajribasi, darajasi bilan bog‘liq. Uning tajribasi kamligi APLda o‘z o‘rnini topishga xalal berayotgan bo‘lsa, darajasi sustligi jamoada o‘z o‘rnini topishiga imkon bermayapti. “Manchester Yunayted”da Pogba kabi futbolchilar borki, o‘zining ta’biri bilan aytganda “qayerdandir kelib qolgan murabbiy”dan o‘zini ustun qo‘yadi. Bunday holatda, jamoada bosh murabbiyning o‘rni bo‘lmagan holatda esa ijobiy natija kutish juda qiyin.

Alohida ta’kidlash kerakki, Sulsher bisotidagi bor taktikani qo‘llab ko‘rgandek nazarimizda. Bu yog‘iga jarohatdan qutulayotgan futbolchilar hamda tarkibdagi futbolchilarning faolroq o‘ynashiga umid qilyapti. Eng muhimi, hozir Sulsherning miyasidagi o‘y “APLda g‘olib chiqish va Yevropa Ligasida zafar quchish” emas, jamoa tarkibini, barqaror tarkibni shakllantirish. Shu boisdan “qizil iblislar” joriy mavsumni 6-o‘rinda yakunlasa ham ajablanmagan bo‘lardim.

“Manchester Yunayted”ning asosiy kamchiligi — jamoada yetakchi futbolchining yo‘qligi. Vaholanki, shu paytga qadar, aniqrog‘i, Fergyuson davrida jamoada kamida bitta yetakchi futbolchi bo‘lgan. Ayni damda esa bunday o‘yinchi yo‘q. Reshford top darajaga chiqishga hamon intilyapti, Marsyal endi-endi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda, De Xea darvozabon, darvozabonlar esa yetakchilik qilishni  har doim ham eplayvermaydi, Mataning jamoa a’zosi ekanligini unutib ham yuborayozdik, Matich esa haminqadar o‘ynayapti. Xullas, “Tottenxem”da Keyn, “Manchester Siti”da Aguero, Sterling, “Arsenal”da Obameyang, “Liverpul”da Saloh, Mane kabi yetakchilar bor, ammo “Manchester Yunayted”da bunday futbolchi hozir yo‘q. Sulsher aynan ana shu kamchilikni to‘ldirishga intilishi lozim.

Agar Gleyzerlarning maqsadi yangi “Manchester Yunayted”ni shakllantirish, yosh tarkibni shakllantirish bo‘lsa, Sulsherga imkoniyat berish kerak. Ammo agar sovrin qo‘lga kiritishni istashsa, transferlar uchun kattaroq mablag‘ sarflash va Sulsherdan tajribaliroq murabbiyni olib kelish lozim. Chunki raqib tomonda Gvardiola, Pochettino kabi tajribali murabbiylar bor. Sulsher esa, baribir, ushbu murabbiylar qarshisida biroz ojizdek ko‘rinadi. Baribir, xalqaro maydonda katta sovrinlar uchun kurashib o‘rganmagan murabbiydan birdaniga bu ishni talab qilishning o‘zi noto‘g‘ri, aslida.

“Manchester Yunayted”da hozir barqaror asosiy tarkib yo‘q. Sulsherning ixtiyorida o‘z ishining ustasi bo‘lgan 11 nafar futbolchini topish ham qiyin. Boshqa tomondan “MYU”da hozir avlodlar almashinuvi kechmoqda. Yosh futbolchilar o‘zini ko‘rsatishga intilyapti. Aslida, jamoada azaldan shunday bo‘lib kelgan. Faqat Fergyuson bu jarayonni shunday amalga oshirganki, ham avlod almashgan, ham “Manchester Yunayted” sovrinlardan chetda qolib ketmagan. Bugun esa bunday emas va Sulsherni ayblash noto‘g‘ri. Chunki u Fergyuson bo‘lolmaydi. U Sulsher, ayni damda uning bori shu.

Nima qilish lozim? Yechimi bir qarashda oddiy, tarkibni tozalab, yangilash kerak. Ketishni istayotgan futbolchilardan qutulish va jamoaga ham tajribali, ham ishtiyoqmand futbolchilarni olib kelish lozim. Birinchi navbatda hujum chizig‘ida to‘purar futbolchi talab qilinadi. Reshford —  ob-havo, Marsyal ham doim barqaror o‘ynamaydi, boshqa hujumchilar ham shu. Ikkinchi navbatda himoyani ham mustahkamlash talab qilinadi. Masalan, Eshli Yang himoyachi emas, aslida. Asosiy tarkibdan tushib qolmaslik uchun bir paytlar himoyani bo‘yniga olgan yarim himoyachi. Kris Smolling — vazifasini bajarib bo‘lgan askar. Bularning o‘rnini kamida Maguayr kabi futbolchilar bilan to‘ldirish lozim. Chunki mahsulot sifatli bo‘lmasa, sotuvchi qanchalik ustamon bo‘lmasin, sifatsizlik pand berib qo‘yadi.

 

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:49, 02.10.2019.
O'qildi: 6006 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.