Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo
17/09 22:00 Betis 1-0 Xetafe
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 23:45 Monsa - Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol - Elche
19/09 00:00 Brentford - Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona

O‘zbekiston – Yaman uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarildi

O‘zbekiston – Yaman uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bilasiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 10 oktyabr kuni Jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichi doirasida Yaman bilan bahs olib boradi.

Chiptalar oldi-sotdisi jarayonini tartibga solish, chiptalarning olib-sotarlar qo‘lida qaytadan sotilishining oldini olish, qolaversa muxlislar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, bu orqali esa chiptalarning shaffof savdosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi iticket.uz chiptalar operatori bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Natijada iticket.uz milliy terma jamoa o‘yini chiptalari savdosini to‘liq hajmda amalga oshiradi.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston – Yaman uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarildi. Endilikda ishqibozlar vaqtlarini ketkazmay, stadion kassalarida uzundan-uzun navbatlarda turmasdan, uydan chiqmagan holda ham elektron shaklda chiptalar harid qilish imkoniga ega bo‘lishadi.

Ayni paytda muxlislar O‘zbekiston – Yaman uchrashuvi chiptalarini iticket.uz saytida, shuningdek, “Humo Arena”, “Samarqand Darvoza” hamda “Compass” savdo majmualarida ham harid qilishlari mumkin. 

Chiptalar 3 ta toifada chiqarilgan: 

1-toifa – 35 000 so‘m;

2-toifa – 25 000 so‘m;

CIP – 75 000 so‘m. 

Bir kishi eng ko‘pi bilan 5 tagacha chipta harid qilishi mumkin.

Ta’kidlab o‘tamiz,  JCH-2022 saralashining 2-bosqich 3-turi doirasidagi O‘zbekiston – Yaman uchrashuvi 10 oktyabr kuni poytaxtimizdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin soat 17:00da boshlanadi.

Chipta bo‘yicha batafsil ma’lumotni iticket.uz saytidan olishingiz mumkin. 

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 13:19, 04.10.2019.
O'qildi: 10848 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик