Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Odil Ahmedov: «Avvalgi xatolarni takrorlamasligimiz kerak»

Odil Ahmedov: «Avvalgi xatolarni takrorlamasligimiz kerak»

Baho:
+ | -1

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi.

"Biz butun saralash bosqichi davomida qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishimiz va turnirni yuqori saviyada o‘tkazishimiz kerak. Ilk marta jahon kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni istasak, avvalgi xatolarni takrorlamasligimiz kerak.

Biz yo‘llanmani qo‘lga kiritishga qodirmiz. Avvalgi JCHlari saralashining dastlabki bosqichlari yaxshi o‘ynaganmiz. Rossiyadagi Mundialga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega edik, ammo hal qiluvchi uchrashuvlarda yuqori saviyada o‘ynay olmadik. Shu bois, omadsizlikka uchradik. Bu futbol", — dedi "Shangxay SIPG" klubining 32 yoshli futbolchisi.

JCH-2022 saralashining dastlabki bahsida O‘zbekiston safarda Falastinga yutqazib qo‘ydi. Natijada Ektor Kuper iste’foga chiqarilib, uning o‘rniga Vadim Abramov bosh murabbiy etib tayinlandi. Oktyabr oyida o‘zbekistonliklarni Yaman va Singapurga qarshi o‘yinlar kutib turibdi. Ahmedov terma jamoa futbolchilaridan bu raqiblarga nisbatan yengil qaramaslikni so‘ramoqda.

"Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan har bir jamoaning o‘ziga yarasha kuchli tomonlari mavjud. Ularga nisbatan mensimaslik nazari bilan qarab bo‘lmaydi. Biz har bir raqibni hurmat qilishimiz kerak. U Saudiya Arabistoni yoki guruhda 3ta boshqa raqiblar bo‘ladimi — farqi yo‘q".

Odil Ahmedov faoliyati davomida 3ta jahon chempionati saralash bosqichida ishtirok etgan. Mazkur o‘yinlar davomida u 9ta gol urgan. Qatarda o‘tadigan Mundial esa yarim himoyachi uchun so‘nggi imkoniyat bo‘lishi mumkin.

"Maqsadimiz aniq — Qatardagi jahon chempionatida ishtirok etish. Men "Shangxay" safida ikkita mavsumni o‘tkazib, o‘tgan yili Xitoy superligasi g‘olibligini qo‘lga kiritdim. Xalqaro darajada esa terma jamoamizga yordam berib, ilk marta JCHda ishtirok etishni istayman.

Terma jamoada iqtidorli yoshlar ko‘p. Umid qilaman, ular yuqori saviyadagi futbolchiga aylanib, terma jamoaga o‘z hissasini qo‘shadilar. Oldindan nima bo‘lishini aytish qiyin, lekin biz hamisha kutilmagan voqeaga tayyor bo‘lishimiz kerak", — dedi Odil Ahmedov.

Manba: fifa.com
Kiritildi: 21:40, 04.10.2019.
O'qildi: 9478 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик