Hozirda bir nechta top darajadagi murabbiylar ishsiz yuraganidan xabaringiz bor. Xo‘sh ushbu murabbiylar kimlar va ularning keying klubi qaysi jamoa bo‘ladi? Bugun ushbu savolga javob izlashga urunib ko‘ramiz.
Massimiliano Allegri
Italiyalik mutaxassis “Milan” jamoasining so‘nggi shonli yurishlarining asosiy sababchisi va “Yuventus” klubining juda kuchli jamoaga aylantirgan inson hisoblanadi. Afsuski, YECHL finalida 2 bor maydonga tushgan murabbiy biroz futboldan dam olishni avzal ko‘rdi va hozirda mutloq ishsiz yuribdi. Unga bo‘lgan qizish tobora ortib bormoqda. Ayniqsa “Manchester Yunayted” raxbariyati so‘nggi kunlarda murabbiy bilan aloqaga chiqishi kutilmoqda. Ochig‘i “qizil iblislar” ustoziga hech qanday husumatimiz yo‘q, biroq 3-liga valikiliga qarshi uchrashuvda penaltilar seriyasda qozonilgan g‘alaba va o‘ta yomon boshlangan mavsum sababli norvegiyalik murabbiyning klubda qolmasligi aniqlashib bormoqda.
Alegri APLda o‘zini sinab ko‘rishni nistayotganini yashirib o‘tirmayapti. Agarda transfer ta’qiqlari bo‘lmaganida, xozir “Chelsi” klubi murabbiyi sifatida faoliyat olib borayotgan bo‘lishi mumkin edi. Agarda “Manchester Yunayted” italiyalik murabbiyni qo‘lga kiritishni uddalasa, jamoaviy o‘yin va kuchli strategik klubga aylanishi mumkin. Bundan tashqari, Allegri transferlar borasida ham kamda-kam adashadi. Balki, uning klubga kelishi jamoaga katta naf keltirar
Joze Mourino
Portugaliyalik murabbiy anchadan beri ishsiz qolib ketayotganidan xabaringiz bor. Yozda murabbiy bilan bir nechta Xitoy klublari qiziqib qolgan bo‘lsada, Joze oilaviy muammolarni ro‘kach qilgancha, takliflardan voz kechdi. Qanchalar g‘alati tuyulsada, Mourino “Real Madrid”dan taklif tushishini kutmoqda. O‘ziga bo‘lgan ortiqcha ishonchiga qaramasda, Joze ayni damda ishsiz qolayotgan eng sovrindor murabbiylardan biri sananaladi. Uning qo‘l ostida “Real Madrid” chiroyli o‘yin ko‘rsatmasada, natija qayd etishi mumkin. Hozir Madrid klubi uchun bu juda muhim ekanligini inobatga olsak, Zidan “qaymoqranglilar”nit ark etishi bilan uning o‘rniga aynan “benazir” o‘tirishi kutilmoqda. Hozirda Joze “Sky Sport” kanalida faoliyat olib borish bilan birgalikda nemis tilini ham o‘zlashtirmoqda. Nahotki uning keying manzili “Bavariya” bo‘lsa? Kuzatishda davom etamiz.
Klod Pyuel
Ayni damda boshidan og‘ir kunlarni kechirayotgan “Monako” klubi ustozi Leanardo Jardimning klubga qaytishi omadsiz chiqdi. Klub 7-turga kelibgina o‘zining ilk g‘alabasini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lganiga ishonish mushkul. Ushbu g‘alaba katta ehtimol bilan iqtidorli murabbiyning “Monako”da qolishini bir nechta turlarga oldinga suradi xolos.
Agarda Jardim jamoani tark esa, uning o‘rnini katta ehtimol bilan Klod Pyuel egallaydi. Deyarli butun futbolchilik kariyerasini ushbu jamoga bag‘shida etgan qahramonimiz 37-yoshida “Monako”ni ilk bor boshqargan va 2000-yilda jamoani chempionlik shoxsupasiga olib chiqqan edi. Bundan bir necha yil avval YCHL yarim finaliga qadar yetib borgan klub, oliy dvizionda jon saqlab qolish uchun kurash olib bormoqda. 7 oydan beri ishsiz qolib ketgan qahramonimizning navbatdagi klubi “Monako” bo‘lsa, ikki tomon uchun ham qulayliklar yaratishiga shubxamiz yo‘q.
Loran Blan
2016-yildan beri o‘z murabbiylik faoliyatini davom ettirmayotgan qahramonimiz atrofida bir nechta takliflar aylanib yuribdi. Hozirda Fransiyaning bir nechta klubi murabbiyni o‘ziga chorlayotgan bo‘lsada, Blan futbolga qaytishga shoshilmayapti. Sovuqqon va o‘ta ijodkor murabbiylar sirasiga kiruvchi Blan navbatdagi manzili qayer bo‘lishi nomalum. Fransiya futboli afsonasi hali beri ortga qaytish haqida o‘ylamyapti.
Arsen Venger
“Mening “Arsenal”da 22 yil faoliyat olib borganim, eng katta xatolarimdan biri bo‘ldi” Venger
Hozirda 70 yoshni qarshilagan Arsen Vengerni safdan chiqarishga hech kimning xaqqi yo‘q. Sababi, Dik Advokat, Yup Haynkes singari murabbiylar undanda kattaroq yoshda ham ajoyib g‘alabalarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Venger o‘zining so‘nggi intervyularidan birida yana murabbiylik soxasiga qaytish niyati borligi bois, PSJ sport direktori vazifasidan bosh torganini yashirib o‘tirmadi. Ko‘lab OAV hozirda Vengerning navbatdagi ish joyi Katoloniyada bo‘lishini juda istashmoqda. Darhaqiqat, Vengerning “Barselona”ga kelishi chinakam kryativ qaror bo‘lishi aniq. To‘g‘ri, bu rasmiy xabar emas, biroq Valverdening omadsiz qarorlari hammasini haqiqatga aylantirib yuborishi hech gap emas. Gap shundaki, yil boshida klub rahbarlari jamoga yangi murabbiy taklif etish borasida o‘ylab ko‘rgan va klubga taklif etilishi mumkin bo‘lgan murabbiylar ro‘yxati tuzilgan edi. Arsen o‘sha ro‘yxatning yuqori qismidan joy eggalangani rasman tasdiqlan va bu OAV tomonidan tarqatilayotgan xabarlarning naqadar to‘g‘ri ekanligiga ishora.