Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

Yo‘qotilgan yillar: “Milan”ga yangi qon kerak

Yo‘qotilgan yillar: “Milan”ga yangi qon kerak

Baho:
+ | -

Jamoada yo tarkib, yoki murabbiy kuchli bo‘lishi lozim. Bordi-yu murabbiy o‘rtamiyona bo‘lib, tarkib kuchli bo‘lsa, aynan tarkibning kuchi bilan natijaga erishish mumkin. Bordiyu tarkib kuchsiz bo‘lsa, unda tajribali murabbiy zarur. Toki murabbiyning tajribasi tarkibning ham tajribali bo‘lishiga imkon yaratadi. Agar tarkib ham, murabbiy ham kuchsiz bo‘lsa, bu chinakam fojia.

“MILAN” MUAMMOSI

“Milan” klubi ayni damda biz yuqorida ta’kidlagan vaziyatda turibdi. Ochig‘i, 7 turdan keyin 9 ochko to‘plash va turnir jadvalida 13-o‘rinda turish “Milan”ga yarashmaydi. Ammo hozirgi holatda boshqa narsa kutish qiyin.

Har qanday klub avlodlar almashinuvini boshdan kechiradi. Qaysidir klub ana shu jarayonda pastga sho‘ng‘iydi, qaysidir jamoa esa o‘rnini saqlab qoladi. Gap avlodlar almashinuvi jarayonida emas, gap shu jarayondan qanday o‘tishda.

“Milan” tarkibni yoshartirayotganda jamoaga tajribali murabbiyni, aniqrog‘i, yosh futbolchilardagi iqtidorni ko‘ra bilish, ularga kerakli taktikalarni o‘rgata olish, yoshlar bilan ishlash mahoratiga ega murabbiyni olib kelishi kerak edi. Ana shunda tajribasiz futbolchilar tajribali murabbiy qo‘l ostida “Milan”ning poydevoriga aylangandi.

2014 YILDAGI XATO

Aslida, “Milan” rahbariyatining xatosi 2014 yilda boshlangandi. O‘shanda so‘nggi paytlarda ketmoni uchmay qolgan Massimiliano Allegri iste’foga chiqarilgandi. O‘rniga esa tajribali murabbiy kelishi kerak edi, albatta. “Milan” esa tavakkalga qo‘l urdi. “Men qoyillataman, ishonavering”, degan Klarens Zeedorf bosh murabbiylikka olib kelindi. “Milan”da o‘ynagan sobiq futbolchi esa jamoani g‘alabalar sari yetaklay olmadi. Tajribasizlik, baribir, pand berdi.

XATO KETIDAN XATOLAR

Afsuski, bu boradagi xato shu bilan to‘xtab qolgani yo‘q. Zeedorf oldida tajribaliroqdek ko‘ringan Sinisha Mixaylovich jamoaga olib kelindi. Biroq “Milan” uchun, yangilanayotgan tarkib uchun Mixaylovich tajribasizlik qildi. 2015 yilda kelgan Sinisha 2016 yilda iste’foga chiqdi.

Undan keyingi murabbiylar: Vinchenso Montella hamda Jennaro Gattuzo ham “Milan” uchun munosib murabbiy bo‘la olishmadi. Montelladan keyin “Milan”ga yosh, shijoatli futbolchilarni “odam qiladigan” Klopp kabi mutaxassis kerak edi. Gattuzoda ishtiyoq bor edi, ammo tajriba, baribir, tajriba. Tajribasiz murabbiy boshqaruvida qolgan yosh, tajribasiz futbolchilar hech narsani qoyillata olishmadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Gattuzoning o‘rniga kelgan Marko Jampaolo ham iste’foga chiqarilgan. Uning o‘rniga kim kelishi esa noma’lum. Ma’lumi shuki, hozirgi beqaror va pala-partish tarkibni munosib tarzda tartibga sola oladigan, “Milan”ga qanday futbolchilar kerak ekanligini biladigan hamda taktika borasida qashshoq bo‘lmagan murabbiy kerak.

So‘nggi besh yil “Milan” uchun boy berilgan davr bo‘ldi. Ayni damda ana shu 5 yillikning asorati — beqaror tarkib, mazmunsiz o‘yin, qoniqarsiz natijalar. Ammo hali kech emas. “Milan” rahbariyati tajribali murabbiy olib kelib, uning talablarini bajara olsagina biz o‘sha afsonaviy “Milan”ning ajoyib o‘yinlarini tomosha qilish imkoniga ega bo‘lamiz.

 

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:47, 08.10.2019.
O'qildi: 5417 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.