Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

O‘tgan mavsumda eng ko‘p daromad olgan futbolchi kim?

O‘tgan mavsumda eng ko‘p daromad olgan futbolchi kim?

Baho:
+ | -

Hozirda futbol chinakam biznesga aylanib ketganidan xabaringiz bor. Bundan 20 yil muqaddam futbolchilarning maoshi ko‘rimsizgina bo‘lsa, hozir ularning daromadlari yangidan-yangi rekordlarni o‘rnatmoqda. Xo‘sh o‘tgan mavsum hisob-kitoblari bo‘yicha futbolchilar orasida eng ko‘p daromad olgan futbolchi kim? Taniqli «sport 24» nashri bergan ma’lumotlarga tayangan xolda ushbu savolga javob izlashga urunib ko‘ramiz.

Pol Pogba – 29,5 million yevro


«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi o‘tgan mavsumda u qadar ko‘zga tashlanmagan bo‘lsada, daromad borasida o‘zining eng yaxshi mavsumini o‘tkazdi.homiylar orqali 4,5 million yevro ishlab olgan qahramonimiz, bir yilda 25 million yevro maosh oldi va umumiy hisobda 29,5 million yevro natija bilan 5-o‘rindan  joy oldi. YECHLda to‘p surmaydigan futbolchi uchun ajoyib ko‘rsatgich.

Garet Beyl – 34,6 million yevro



«Real Madrid» jamoasining yangi yetakchisi uchun o‘tgan mavsum daromad borasida sustroq o‘tdi. «Qirollik klubi»ning omadsiz o‘yinlari futbolchining reklama roliklaridagi ishtirokini keskin pasaytirib yuborgani bois, Beyl 6 million yevro bilan cheklanishga majbur bo‘ldi. Shunday bo‘lsada, uning yiliga 28,6 million yevro daromad olib keluvchi shartnomasi mavjud va aynan ushbu shartnoma tufayli qahramonimiz 4-o‘rindan muqim joy olmoqda. Beyl "Adidas" va "Gillette" kompaniyalari bilan shartnomani uzaytirmasa, keying mavsum so‘ngida uning daromadi yanada kamayib ketishi mumkin.

Neymar – 90 million yevro



Braziliyalik futbolchi «Nike», «Red Bull», «McDonald’s», «Gillette» singari kompaniyalarning reclama yuzi sanaladi va ushbu xizmati evaziga o‘tgan mavsumda 17 million yevro pul ishlab olishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, u PSJ klubida yiliga 73 million yevro ishlab topishga muvafffaq bo‘lgan birinchi futbolchiga aylandi. Qahramonimiz umumiy hisobda 90 million yevro ishlab topgan bo‘lsada, o‘zidan avvalgi ikkita sportchidan sezilarli darajda ortda qolmoqda.

Krishtiyanu Ronaldu – 108 million yevro



Portugaliyalik futbolchi homiylar bilan ishlash borasida chinakamiga professional hisoblanadi. Deyarli yur yuzidagi barcha sportchilar uning homiylariga havas bilan qarashlari aniq. Ronaldu o‘tgan mavsumda «Nike», «Herbalaif», «EA sports», «Slear», «Amerikan Tourist» singari katta savdo brendlarining mahsulotlarini reklama qilishda ishtirok etdi va buning ortida 47 million yevro ishlab topishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek uning maoshi va bonus pullari 61 milliondan oshib ketgani tahsinga sazovar. «Yuventus» klubi futbolchisi qanchalar urunmasin daromad borasida o‘zining azaliy raqibi Leo Messidan «atigi» 3 million yevroga ortda qolib ketdi.

Leo Messi



Darhaqiqat, Argentinalik futbolchi pul topishni biladi. O‘tgan mavsumdagi omadsizliklarga qaramasdan Messi o‘zining "eng daromadli futbolchi" nomini salqab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Eng qizig‘I shundaki, Messi istasa, uning daromadi yanada ortishi mumkin. Ko‘plab ulkan kompaniylar u bilan birga hamkorlik qilish istagida, biroq Messi ko‘proq oila davrasida bo‘lishni xush ko‘radi. Argentinalik fubolchi homiylar ortidan ishlab olgan 27 million yevroni va uning bir yillik maoshi va qo‘shimcha bonus daromadlar bilan birgalikda hisoblasak, 111 million yevroni tashkil etmoqda. Istalgan sport turi vakilli uchun havas qilsa, arzigulik raqamlar.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 01:26, 09.10.2019.
O'qildi: 13090 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.