Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

Murod Rizayev: “Agar mundialga chiqsak, muxlislarga osh qilib beraman”

Murod Rizayev: “Agar mundialga chiqsak, muxlislarga osh qilib beraman”

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston MTJ jahon chempionati saralashi doirasida Yaman terma jamoasini qabul qiladi. Shu munosabat bilan biz sport sharhlovchisi, tajribali mutaxassis Murod Rizayevning terma jamoamiz haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

“Vadim Abramovning bosh murabbiy bo‘lganidan xursandman. Bunga ikkita sabab bor. Birinchisi, O‘zbekiston terma jamoasi aynan Abramov bilan eng yaxshi o‘yinlarini o‘tkazgan. Chunki Abramov futbolchilarni ruhlantira oladi, til topisha oladi, ularni farzandidek ko‘radi. Ya’ni o‘sha futbolchilar Abramov hurmati uchun ham o‘ynashadi.

Ikkinchi sababi. Savdo odami birovning haqini yaxshiroq tushunadi. Agar 50 ming pul olib, aldab 40 ming berib ketsangiz yoki 50 ming pul berib, 60 ming so‘mlik narsa xarid qilsangiz, o‘sha 10 ming buyurmaydi. Bu birovning haqi... O‘sha musobaqada Abramov haq edi, ko‘p gapirishning hojati yo‘q. To‘g‘ri, Qosimovning ham aybi yo‘q, lekin Abramovga imkon berish kerak edi.

Biz bu bosqichdan osongina o‘tishimiz lozim edi. Lekin... Mayli, o‘yin qovushmadi. Muhimi, qaysi murabbiy bilan bo‘lsa ham bu bosqichdan o‘tishimiz shart.

Lekin... Balki, buni aytish kerakmasdir, balki, kerakdir, keyingi bosqichda Osiyoning kuchli to‘rtta jamoasi safiga kirishimizga ko‘zim yetmayapti. Hatto Abramov bilan ham. Chunki bizning futbol Yaponiya, Avstraliya, Eron, Janubiy Koreya futbolidan orqada. Hozir Avstraliyada avlodlar almashinuvi. Balki, Abramov shunday foydalanib qolar. Agar bu uddalasa, unga qoyil qolamiz...

Necha sikldan beri Osiyoning beshinchi jamoasiga aylanib qolyapmiz. Ilgarilari kuchli to‘rtlikka kirishimiz mumkin edi, imkoniyat bor edi. Hozir esa... So‘nggi 10 yillikda Yaponiya, Eron, Avstraliya, Janubiy Koreya futboli juda kuchayib ketdi. Shuning uchun negadir mundialga chiqishimizga ishonolmayapman.

Oldindagi o‘yinlarga keladigan bo‘lsak, taxminim, Yamanni 4:0, Singapurni 2:0 ga yutsak kerak.

Xulosam, Abramov keldi, endi jahon chempionatiga chiqamiz, deb quvonib qolish kerakmas. Chunki O‘zbekiston terma jamoasining eng kuchli o‘yini ham Eron, Yaponiya, Avstraliya va Janubiy Koreyadan orqada.

Ammo va’da-va’da, agar mundialga yo‘l olsak, muxlislarga osh qilib berish mening bo‘ynimda”, dedi Murod Rizayev.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:28, 10.10.2019.
O'qildi: 8828 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.