Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

J.Koreya U23 O‘zbekiston OTJga qarshi o‘yinda o‘z taktikasin yashirmoqchi

J.Koreya U23 O‘zbekiston OTJga qarshi o‘yinda o‘z taktikasin yashirmoqchi

Baho:
+ | -

Janubiy Koreyaning mashhur naver.com saytida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan o‘tkaziladigan o‘rtoqlik o‘yinlari oldidan maqola e’tiborimizni tortdi. Muxbir Seo Joeng Xvanning “Tezkor hujum va asosiy «taktika»ni yashirib, ikkita quyonni ushlay olamizmi?!” nomli maqolasida terma jamoamizdan hadiksirayotgandek xulosa chiqarasiz.

Unga ko‘ra: “Kim Xek Boum boshchiligidagi U23 futbol jamoasi 11 va 14 oktyabr kunlari O‘zbekistonga qarshi maydonga tushadi. Dastlabki uchrashuv bugun O‘zbekiston vaqti bilan 16:30 da «Xvaseong» sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.  Kelasi yili Tailandda o‘tkaziladigan Yoshlar (U23) o‘rtasidagi Osiyo chempionati-2020 musobaqasida Janubiy Koreya O‘zbekiston, Xitoy va Eron bilan bir guruhdan joy olgan. Shu bois, mazkur uchrashuv kuchli ahamiyatga ega. O‘zbekiston U23 Osiyodagi eng kuchli 5 ta jamoadan biri. Ushbu ikki o‘yin orqali Janubiy Korea U23 termasi O‘zbekistonning «burnini yerga ishqashi» kerak. Shunday yo‘l tutib, O‘zbekistonni final bosqichida osonlikcha yenga olamiz,” - deyiladi. «Muammo shundaki, agar biz o‘z kuchimizni haddan tashqari ko‘p ishlatib qo‘ysak, biz faqat O‘zbekiston uchun yaxshi ish qilgan bo‘lamiz. Biz raqibimizni sinchkovlik bilan o‘rganish uchun to‘liq imkoniyatlarimizni yashirib, aldamchi taktikalarga tayanishimiz kerak».

Shuningdek, bosh murabbiy Kim Xek Boum termamiz o‘yinlarini videotahlil qilib, termamizning ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlagani ta’kidlangan. «Biz jamoamizning butun kuchini osonlikcha ko‘rsatib qo‘ya olmaymiz. O‘zbekiston termasi ham uslubini oshkor qilmay, kutilmagan o‘yinchilardan foydalanishi mumkin».

Hozirda janubiy Koreaning ”Seongnam” jamoasida to‘p surayotgan Kim Dong Xun: "Taktikani yashirish mumkin va eng yaxshisi barcha o‘yinchilarni sinovdan o‘tkazish zarur. Men 100 foiz mahoratimni namoyish etishim kerak”, - deb ta’kidlagan.

Koreys tilidan Rahmiddin Shermatov tarjima qildi.
Janubiy Koreya, Tegu shahri.

Manba: naver.com
Kiritildi: 06:32, 11.10.2019.
O'qildi: 4936 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик