"Srvena Zvezda - men bolaligimdan beri o‘ynagan ajoyib klub. Ammo Serbiya chempionatiga qaytishni istamayman. Faoliyatimni xorij klubida tugatmoqchiman", - dedi "Roma" himoyachisi Serbiya RTC nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot o‘rnida, Kolarovning "Roma" bilan shartnomasi shu mavsum oxirida tugaydi va "bo‘rilar" unga 2022-yil iyunigacha yangi shartnoma taklif qilishganiga qaramay, chap qanot himoyachisi shartnomani imzolashga shoshilmayapti.