Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Faylasuf yoki murabbiy?

Faylasuf yoki murabbiy?

Baho:
+ | -

Futbol olamida o‘zining noodatiy ko‘rinishi va golni jamoa bilan nishonloshi bilan qolgan murabbiylardan ajralib turuvchi Yurgen Klopp tomonidan aytilgan so‘zlarning deyarli barchasi iqtiboslarga aylanib ketishidan xabaringiz bor. Bugun aynni damda sayyoramizning eng kuchli murabbiyi tomonidan yangragan eng mashxur iqtiboslarni yodga olamiz.

***

Motivasiya haqidagi bir kitobda qiziq voqeyani o‘qib qoldim. Suzish bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorlanoytgan bir qizni ruhlantirish maqsadida unga «tezroq suz, ortingdan nahang baliq quvib kelyapti»,-  deb  deyarli 5 oy davomida bosim o‘tkvazishadi. Darhaqiqat ushbu mashg‘ulotlardan so‘ng, suzuvchi qiz jahon chempionatida barchani hayratga solgan ekan...

Gap shundaki, u 200 metrga suzish bahslarida 50 metrdan so‘n, suvdan chiqib qo‘rqqanidan to‘g‘ri kiyinish xonasiga chopib ketgan ekan. Darhaqiqat, motivasiya borasida ham oshirib yubormaslik talab etiladi.

***
Bilaman, bugun «Barselona»ni yirik hisobda yengishning iloji yo‘q, biroq ularga qarshi sizlar o‘ynayapsizlarmi, demak bizda imkoniyat mavjud. Maydonga chiqing va shunday to‘p suring-ki, yillar o‘tib bugungi uchrashuvni tomosha qilganingizda etlaringiz jimirlab ketsin

***

Biz deyarli 20 yildan beri «Bavariya»ni mehmonda mag‘lubiyatga uchratmagan edik. Yigitlarni ruhlantirish uchun nima deyish borasida juda uzoq o‘yladim. Keyin ularni bir joyga jamladim va Rokki Balboa haqida uzoq so‘zladim. Bunday qarasam, futbolchilarning ko‘zlari bo‘m-bo‘sh. Keyin bilsam, ulardan faqat 2  tasigina bu filmni tomosha qilgan ekan.

***

Biz YECHL nimchorak finalidagi g‘alabani nishonlab o‘tirganimizda, xonaga klub bosh menendjeri kirib keldi. Uning kayfiyatidan sovuq ufurib turar edi. Biz jim bo‘lib qoldik. U yengil uf tortdida Gyotse «Bavariya»ga o‘tayotganini ma’lum qildi. To‘g‘risi, bayram o‘sha soniyadayoq o‘z yakuniga yetdi. O‘sha kech ayolim bilan kinoga tushmoqchi edik, biroq mening avzoyib buzuqligi sababli barchasi bekor qilindi. Mario Gvardiolaga yoqqani bois, jamoani tark etdi. Agar bu voqeyada aybdor bo‘lsa, u menman. Gap shundaki, mening bo‘yim baland va ispancha so‘zlashni bilmayman.

***
Bir kuni menga «Bavariya» klubi direktori qo‘ng‘iroq qildi va uchrashuv taklif qildi. Men esa, onam ruhsat bersalar boraman deb javob qaytardim. To‘g‘risi, «Bavariya» xitoyliklarga o‘xshaydi. Ular doimmo birovlarning g‘oyalarini og‘irlash payida bo‘lishadi. Bundan tashqari, ularda pul  va kuchli futbolchilar juda ko‘p. «Borussiya» kamondan o‘q uzayotgan merganga o‘xshaydi. Agar biz yaxshilab mo‘ljalga olsak, raqibni mag‘lub etamiz. «Bavariya» esa, qo‘lida katta miltig‘I bor askarga o‘xshaydi. Aynan shu sababli, ular bizdan ko‘ra ko‘proq nishonga urishadi.

***

Dunyodagi eng kuchli futbolchilar deganda mening ko‘z oldimga klub uchun o‘zini qurbon qiladiganlar ko‘z oldimga keladi. Men doimmo o‘z shogirdlarimni eng kuchli bo‘lishlari uchun qo‘limdan kelganicha harkat qilaman. Agar ular eng kuchli futbolchilarga aylanishsa, men ertami-kechmi dunyodagi eng kuchli murabbiy sifatida tan olinishimga Shubham yo‘q. Egoist bo‘lish juda oson, lekin jamoa uchn harakat qilish ikki barobar mashaqqatli. Shunday bo‘lsada, uning samarasini albatta ko‘rasiz.

***
Bizning bosh shifokorimiz «Manchester Siti»da ishlagan bo‘lsada, YECHLda g‘alaba qozonishni istagani uchun klubini «Liverpul»ga almashtirdi. Bu abatta, hazil. Men kecha Gvardiolaga qo‘ng‘iroq qildim. U bilan yangi mavsumda bir-birimizni dodimizni berishga kelishib oldik.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 03:44, 12.10.2019.
O'qildi: 2555 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.