Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Nasaf» yana kuchli baquvvat homiyga ega bo‘ldi

«Nasaf» yana kuchli baquvvat homiyga ega bo‘ldi

Baho:
+2 | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

"ENTER Engineering" kompaniyasi 2020 yil oxiriga qadar "Nasaf" futbol kulbi bilan umumiy qiymati 10 mlrd. so‘m bo‘lgan homiylik shartnomasini imzoladi.

Ushbu mablag‘lar "Nasaf" futbol klubining moddiy-texnik va ilmiy-metodik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, o‘quv-mashg‘ulot jarayonining yuqori sifatini ta’minlash, shuningdek, aholining keng qatlamlari o‘rtasida futbolni faol targ‘ib qilish va ommalashtirishga yo‘naltiriladi.

"Nasaf" futbol klubi rahbariyati o‘z futbol maktabi negizida yosh futbolchilarni tarbiyalash uchun xorijiy legionerlarni jalb qilishdan voz kechishga qaror qildi.

Eslatib o‘tamiz, "ENTER Engineering" Rossiyaning "Gazprombank" kompaniyasiga tegishli korxona bo‘lib, ular "Sho‘rtan" gaz-kimyo kompleksini modernizasiya qilish, loyiha qiymati 175 mln yevro bo‘lgan «Humo Arena» muz saroyini qurishda bosh-qosh bo‘lgan kompaniya sanaladi.

Manba: gosport.uz
Kiritildi: 19:10, 14.10.2019.
O'qildi: 13686 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик