Jahon chempionati-2022 saralashi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini ertaga safarda Singapurga qarshi o‘tkazadi.
Bugun terma jamoamiz charter reys orqali soat 11:00da bo‘lajak o‘yinda ishtirok etish uchun Singapurga jo‘nab ketgan edi.
O‘FA matbuot xizmatining xabar berishicha, terma jamoamiz Singapurga yetib keldi.