Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Lyubinko Drulovich: «Janubiy Koreya bilan o‘yinlar biz uchun foydali bo‘ldi»

Lyubinko Drulovich: «Janubiy Koreya bilan o‘yinlar biz uchun foydali bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Janubiy Koreyada yig‘in tashkil etgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun koreyalik tengqurlariga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi. Qiziqarli ko‘rinish olgan bellashuv yakunida vakillarimiz 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

O‘yindan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida terma jamoamiz ustozi Lyubinko Drulovich quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:

"Biz bir hafta davomida Koreyada yig‘in o‘tkazdik va ushbu yurt olimpiya terma jamoasi bilan 2 ta o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdik. Har ikki o‘yin ham biz uchun juda ham foydali bo‘ldi, deb o‘ylayman. Zero, Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi qit’adagi yetakchilardan biri sanaladi. Bunday raqib bilan o‘yinda bizda qaysi chiziqlarda kamchilik bor ekanini ko‘rib olish mumkin.

Bevosita bugungi o‘yin haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, birinchi bo‘limni biroz bo‘sh o‘tkazdik. Kam qulay vaziyatlar yuzaga keldi va qolaversa, ko‘plab vaziyatlarda kutilmagan xatolarga yo‘l qo‘yildi. Lekin ikkinchi bo‘limni ancha ishonchli tarzda o‘tkaza oldik. To‘p nazoratini qo‘lga olib, raqibni bosim ostida ushlashga intildik. Yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanishda ham faol harakat qildik. Yakunda esa o‘yinni foydamizga hal etishning uddasidan chiqdik.

Hali oldinda Osiyo chempionatiga qadar 3 oy vaqt mavjud. Kelasi oylarda ham yig‘in hamda o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazamiz. Qit’a birinchiligiga yuqori darajada tayyorgarlik olib borishga urinamiz", - deya o‘z fikrlarini bildirdi tajribali mutaxassis.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 23:01, 14.10.2019.
O'qildi: 6518 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.