Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

Birinchi bo‘limdan so‘ng: yomon, juda yomon

Birinchi bo‘limdan so‘ng: yomon, juda yomon

Baho:
+ | -

Jahon chempionati saralashi doirasida Singapur va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinning birinchi bo‘limi yakunlandi.

Afsuski, garchi tezkor gol urgan bo‘lsak-da, bo‘lim yakunida gol o‘tkazib yubordik. Buning bir nechta sabablari bor.

Futbolchilarimiz goldan keyin negadir sustlashib qolishdi. Yamanga qarshi o‘yindagi shiddatkorlik yo‘q. To‘p uzatishlarda lanjlik sezilyapti, futbolchilarni xuddi yer choptirib, maydonga tashlab yuborishganga o‘xshayapti.

O‘yin yomon demoqchi emasman, lekin hozircha yaxshi ham deb bo‘lmaydi. Boisi Singapur hujumkor o‘ynamayapti, biz esa bundan foydalana olmayapmiz. Tezkorlik sust, to‘p uzatishlarda aniqlik yo‘q, tanaffusda Vadim Abramov shogirdlariga shiddatliroq o‘ynashni tayinlamasa bo‘lmaydi. Ayniqsa, Jaloliddin Masharipov kabilarga to‘pni vaqtida uzatish kerakligini, hadeb aldayvermaslik lozimligini, imkon qadar to‘g‘ri qaror chiqarish kerakligini uqtirish lozim.

Futbolchilarda yana o‘sha sovuq holat — sustkashlik sezilayotgandek. Bu juda yomon. Yoki Yamanga qarshi g‘alabadan keyin darrov xotirjamlikka berilishdimi? Yoki bu bir taktikamikin? Ko‘ramiz. Ikkinchi bo‘lim savollarimizga javob topib beradi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:40, 15.10.2019.
O'qildi: 6861 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик