Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Yevro-2020 saralash. «D» guruhi. Shveysariya Irlandiyani mag‘lub etdi

Yevro-2020 saralash. «D» guruhi. Shveysariya Irlandiyani mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Yevro-2020 saralash bosqichi doirasida hal qiluvchi o‘yinlardan biri Jeneva shahrida bo‘lib o‘tdi.

Shveysariya terma jamoasi «Stad de Jenev»da Irlandiyani qabul qilib, muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ushbu g‘aladan keyin "soatsozlar" o‘z ochkolarini 11taga yetkazib olishdi va ular hisobida yana 2ta — Gruziya va Gibraltarga qarshi o‘yinlar qoldi.

12 ochkoga ega bo‘lib turgan Irlandiya esa bitta o‘yinni shuncha ochko jamg‘argan Daniyaga qarshi o‘z uyida o‘tkazadi. Mazkur o‘yindagi g‘alaba irlandlarni Yevropa chempionatiga olib chiqadi. Daniyaliklar hisobida 2ta o‘yin qolganiga qaramay, Irlandiyaga yutqazib qo‘yishsa, o‘zaro o‘yinlar natijasiga ko‘ra raqibidan o‘tib keta olmaydi. Shu bois, 18 noyabrda bo‘ladigan Irlandiya - Daniya o‘yini hayot-mamot jangiga aylanadi.

Yevro-2020 saralash
"D" guruhi, 8-tur
Shveysariya – Irlandiya 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 16 Seferovich, 2:0 – 90, avtogol Daffi.
Shveysariya – Zommer, Rodriges, Elvedi, Akandji, Lixtshtayner (Froyler, 70), Zakariya, Jaka, Sher, Embolo (Shteffen, 88), Seferovich, Mexmedi (Fernandesh, 28).
Irlandiya – Rendolf, Daffi, Koulmen, Igan, Stivens, Braun, Xendrik, Uelan, Makkleyn, Konnolli (Xogan, 69), Kollinz (O`Doda, 46).
Chetlatish: Koulmen (76).

Gibraltar – Gruziya 2:3 (0:2, 2:1)
Gollar: 0:1 – 10 Xaraishvili, 0:2 – 21 Kankava, 1:2 – 66 Kassiaro, 2:2 – 74 Chipolina, 2:3 – 84 Kvilitaya.
Gibraltar – Golduin, Britto, Olivero, Chipolina (Barnett, 82), Mueli, Xassan (Ernandes, 81), Sardjent, De Barr, Uoker (Pons, 90), Chipolina, Kassiaro.
Gruziya – Loriya, Xocholava, Grigalava, Navalovskiy (Kverkveliya, 90), Kakabadze, Kazaishvili, Kankava, Shengeliya, Ananidze, Xaraishvili (Kiteyshvili, 61), Lobjanidze (Kvilitaya, 68).

Jamoa O‘  G‘    D   M  T - N Ochko
1 Daniya 6 3 3 0 16-5 12
2 Irlandiya 7 3 3 1 6-4 12
3 Shveysariya 6 3 2 1 12-5 11
4 Gruziya 7 2 2 3 7-10 8
5 Gibraltar 6 0 0 6 2-19 0

 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:46, 16.10.2019.
O'qildi: 2323 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик