Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya 0-1 Alaves
05/05 23:45 Roma 1-1 Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 18:00 Qizilqum 1-1 Neftchi
06/05 21:00 Salernitana 1-2 Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D

“Jonli saytlar”, dunyodagi eng tez internet yoxud Tokio Olimpiadasida bizni nimalar kutmoqda?

“Jonli saytlar”, dunyodagi eng tez internet yoxud Tokio Olimpiadasida bizni nimalar kutmoqda?

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Siz hayolan kelajakda paydo bo‘lib qolganmisiz yoki zamonamizning eng so‘nggi texnika yutuqlari mujassamlashgan shaharidachi? Kecha Yaponiya poytaxti Tokio shahrida jurnalistlar uchun kelasi yili bo‘lib o‘tadigan XXXII Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga bag‘ishlangan press-brifing boshlandi. Brifingning birinchi kunida tashkiliy qo‘mita vakillari dunyoning turli chekkalaridan tashrif buyurgan jurnalistlar xayolida kelasi yilgi Tokio qiyofasini jonlantira olishdi.

Press-brifingga Milliy olimpiya qo‘mitasi hisobidan yurtimizning yetakchi OAVlarida faoliyat olib borayotgan jurnalistlar ham jo‘natilgan. Tadbir davomida tashkilotchilar musobaqada jurnalistlar uchun yaratilgan qulayliklar, bahslar translyasiyasi qanday texnika yutuqlari yordamida amalga oshirilishi xususida batafsil gapirib o‘tishdi. Ahamiyatlisi, Tokio-2020 tashkiliy qo‘mitasi o‘yinlar davomida to‘liq va uzliksiz ishlaydigan ultra 5G internet, ya’ni dunyodagi eng tez tarmoqni va’da qilishdi.

Ma’lumki, Tokio dunyodagi eng gavjum va aholisi ko‘p shaharlardan. Shubhasiz, Olimpiada paytida shahardagi aholi soni yana bir necha millionga ortishi mumkin. Bunda transport va logistika bo‘yicha muammo bo‘lish ehtimoli mavjudligi sayyohlarni tashvishga solib qo‘yishi turgan gap. Mezbonlar bu muammo yechimi uchun tayyorlangan o‘ta qulay va tezkor transport tizimi haqidagi taqdimot davomida berilgan ma’lumotlar ko‘pchilikning hayratini yanada oshirdi.

Shuningdek, Tokio Olimpiadasining boshqalardan ajralib turadigan yana bir jihati unda ilk bor barcha bellashuvlarni onlayn tomosha qilib borish imkoniyatini yaratuvchi “jonli saytlar” ishga tushirilishida. Bunda barcha muxlislar parallel ravishda o‘tayotgan istalgan musobaqani maxsus ilovalar orqali tomosha qilib borish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Kechagi brifing mana shu kabi texnik masalalarga bag‘ishlandi. Bugundan mehmonlar uchun musobaqalar bo‘lib o‘tadigan sport ob’ektlari, Olimpiya shaharchasi va shaharning Olimpiadani qabul qilishdagi barcha imkoniyatlarini ochib berishga qaratilgan media-tur tashkil qilinmoqda.

 
Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 09:29, 16.10.2019.
O'qildi: 1498 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.