Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ - Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) - Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha - Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos - Bayer
19/02 01:00 Bryugge - Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt - Inter

Karatechilarimiz Tokio Olimpiadasiga xorijlik murabbiy qo‘l ostida tayyorgarlik ko‘rishadi

Karatechilarimiz Tokio Olimpiadasiga xorijlik murabbiy qo‘l ostida tayyorgarlik ko‘rishadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Ko‘pgina sport turlari qatori karate bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham Tokio Olimpiadasi yo‘llanmalarini qo‘lga kiritish uchun astoydil hozirlik ko‘rmoqda. Kelasi yilgi Olimpiya o‘yinlariga ko‘proq lisenziya olish va unga sportchilarimizni munosib tayyorlashda xorijlik tajribali mutaxassislarning ham xissasi katta. Bugundan O‘zbekiston terma jamoasida eronlik Shaxab Cultani bosh murabbiy sifatida ish boshladi. Bugun ushbu mutaxassisni tanishtirishga bag‘ishlangan matbuot-anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Kasimov, Milliy olimpiya qo‘mitasi vise-prezidenti Saken Polatov, O‘zbekiston karate federasiyasi rahbari Alam Mullayev va Eron Islom Resbpublikasining yurtimizdagi elchixonasi vakillari ishtirok etishdi.

O‘zbek karatechilari Osiyo va jahonda yetakchilardan sanalishadi. Karatechilaringizning Olimpiya o‘yinlari lisenziyasini qo‘lga kiritishga imkoniyatlari yetarli ekani, ularning katta mahorati ushbu terma jamoani tanlashimga turtki bo‘ldi. Oldimizda Premyer-liga va A seriya tasnifiga kiruvchi bir nechta musobaqalar orqali yo‘llanma olish imkoniyati mavjud. Umuman lisenziya qo‘lga kiritish uchun oldimizda ikki yo‘l bor: biri reyting, ikkinchisi kelasi yil Parijda o‘tadigan lisenzion musobaqa orqali. Umid qilamanki, jamoa bilan hamjihatlikda har ikki yo‘l orqali ham bir nechta yo‘llanmalar qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lamiz. Shu o‘rinda meni iliq kutib olishgani uchun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismioniy tarbiya va sport vazirligiga minnatdorchiligimni izhor aytib qolaman”, – dedi Shaxab Cultani.

Shundan so‘ng mutasaddilar poytaxtimizda start olgan karate bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi bahslarining ochilish marosimida ishtirok etishdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 23:11, 17.10.2019.
O'qildi: 1442 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.