Internetda Yevro-2020 final bosqichida o‘ynaladigan to‘pning rasmi paydo bo‘ldi. Ushbu to‘p Adidas tomonidan ishlab chiqarilgan. To‘pga "Uniforia" nomi berildi.
Eslatib o‘tamiz, Yevro-2020 final bosqichi 12 iyundan 12 iyulgacha bo‘lgan muddatda o‘tkaziladi. Turnirga 12ta shahardagi 12ta stadion mezbonlik qiladi.