Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 20:30 Yaponiya 1-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza 1-2 Monpelye
03/05 23:45 Torino 0-0 Bolonya
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada

Sadio Mane: qashshoq hayot, yirtiq butsa, onaning ko‘z yoshlari...

Sadio Mane: qashshoq hayot, yirtiq butsa, onaning ko‘z yoshlari...

Baho:
+ | -

Sadio Mane 1992 yilning aprelida Senegalning Sediu shahrida tug‘ilgan. Bolaligida kichik Bambali qishlog‘iga ko‘chib o‘tishgan. Kichikkina uyda to‘qqiz jon yashashgan — aka-ukalari, opa-singillari, ota-onasi hamda tog‘asi. Uning akasi Malik Make ham futbolchi hisoblanadi.

FUTBOLGA JIDDIY QADAM

Manening otasi mahalliy masjidda imom bo‘lib ishlagan. Oilada doimiy pul yetishmovchiligi bor edi. Ota-ona bolalarining yaxshi o‘qishi va yaxshi joylarda ishlashini istashardi.

Sadio esa yoshligidan futbolga mehr qo‘ydi, o‘zidan yoshi katta bolalar bilan futbol o‘ynardi. Televizorda futbol yulduzlarini ko‘rganida ularning o‘rnida o‘zini tasavvur qilardi. Senegal 2002 yilda jahon chempionati chorak finaliga chiqqanida esa futbol bilan jiddiy shug‘ullanishga qaror qildi.

Ota-onasi uning darsni tashlab, futbol bilan muntazam shug‘ullanish borasidagi qaroriga qarshi chiqishdi. Ammo Mane maktabni tashlab, Dakarga ketishga va baxtini o‘sha yerda izlashga qaror qildi. O‘quv yili tugaganida esa poytaxtga ketishi uchun butun qishloq ahli unga pul yig‘ib berishdi.

YIRTIQ LIBOS VA YIRTIQ BUTSA

 «Jenerasyon Fut» futbol akademiyasiga kirish uchun tekshiruvdan o‘tish, o‘z mahoratini ko‘rsatishi kerak edi. Manening kiyimi va butsasi yo‘q edi, shuning uchun yirtiq kiyim va yirtiq butsada bordi. Uning bu ko‘rinishi murabbiylarning e’tiborini tortdi, ammo Mane o‘zini ko‘rsata oldi va sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Mashg‘ulotlar paytida Mane begona oilaga tushib qolgandek his qildi o‘zini, ammo bolalar bilan tez chiqishib ketdi. Keyingi ikki yil tinimsiz mashg‘ulotlar bilan o‘tdi. 2011 yilda esa Dakarga “Mets” futbol klubi skautlari tashrif buyurishi kerak edi. Ular Afrikada ishlashar va qashshoq oilalar farzandlariga katta sportga kirish eshiklarini ochib berishardi. Mane esa aynan ular istagandek juda qashshoq va qobiliyatli bola edi. 17 yoshli yigitcha yoshlar jamoasining asosiy to‘purariga aylangandi.

KATTA FUTBOL SARI

20 yoshida Mane «Mets»ning asosiy jamoasi safiga qo‘shiladi. Katta futboldgi rasmiy debyuti 2012 yilga to‘g‘ri keladi. O‘shanda u mahalliy “Bastiya» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Mane 2012/2013 yillardagi mavsumda 22 ta o‘yinda harakat qiladi va ikkita jamoaga gol urishga erishadi («Gengam» va «Lyuznak»).

Manening onasi o‘g‘lim Senegalda mashg‘ulot o‘tkazyapti, deb o‘ylardi. Unga haqiqatni futbolchining tog‘asi aytadi. Bu qo‘ng‘iroqdan keyin Manening ota-onasi dastlab ishonishmaydi, futbolchini televizorda ko‘rmagunlariga qadar Mane bizni aldayapti, deb o‘ylashadi. Fransiyada yashayotgan Mane esa qishlog‘ini juda sog‘inardi. Bundan tashqari, yigitcha mahalliy iqlim va madaniyatga moslashishga qiynaladi. O‘yinlardan birida olgan jarohati esa mashg‘ulotlarda to‘liq kuch bilan ishlashga xalal beradi, oqibatda bir nechta o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.

AVSTRIYA SAFARI

Shunga qaramay, “Mets” klubida yaxshi mavsum o‘tkazgan Mane Senegal terma jamoasiga jalb qilinadi. Mavsum oldi transfer vaqtida esa Mane Fransiyani tark etadi. Yosh futbolchiga Avstriyaning “Red Bull” jamoasi qiziqish bildirgan va uning uchun 4 mln yevro taklif qilgandi. Mane yangi jamoasi bilan 4 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishadi va Zalsburgga uchib ketadi.

Yangi mamlakatda futbolchi o‘zini noqulay his qiladi — uydan uzoqda, mahalliy tilni bilmaydi. Ammo jamoa bosh murabbiysi Roger Shmidt unga yordam beradi. Mane yangi jamoasidagi birinchi mavsumini omadli o‘tkazadi, u 16 ta gol uradi.

Keyingi mavsumda Sadio klubning asosiy figurasiga aylanadi, 2013 yilda esa Yevrokuboklardagi birinchi golini kiritadi. Sentyabrdan noyabr oyigacha esa yana 9 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qiladi, keyin esa “Bavariya”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ham o‘zini ko‘rsatadi. Bitta gol urgan hamda golli uzatmani amalga oshirgan Mane “Bavariya”ning mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘yadi.

NAVBAT ANGLIYAGA

Manening aqlbovar qilmas o‘yinlari boshqa jamoalar murabbiylari va rahbariyatining ham e’tiborini tortadi. 2014 yil yozida “Suonsi” va “Vest Xem” klublari qiziqish bildirishadi. Bu klublar futbolchi uchun yaxshigina maosh va uzoq muddatli shartnoma taklif qilishadi, ammo ularning Mane uchun taklif qilgan summasi «Red Bull» rahbariyatini qoniqtirmaydi.

Shunday qilib, Mane keyingi mavsumni ham Avstriya klubida boshlaydi, ammo qishda uning yangi taklif kutayotgandi. Angliyaning «Sautgempton» klubi Mane bilan 3 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishadi. “Red Bull” rahbariyatini ham birinchi muzokaradayoq ko‘ndirishadi.

2014 yilning sentyabrida esa Mane “Arsenal”ga qarshi Liga kubogida maydonga tushadi, keyin esa Premyer-ligada o‘ynaydi. 2015/2016 yillardagi mavsumda Mane 37 ta o‘yinda harakat qilib, 11 gol kiritishga erishadi.

ENG MUHIM QADAM

Senegallik sehrgarning xatti-harakatlari “Liverpul” rahbariyatining e’tiborini tortadi. Ular Mane uchun 40 mln yevro taklif qilishadi, “Sautgempton” rahbariyati rozi bo‘lgach, Sadio “qizillar” bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi. Mane 2016 yilning avgustida “Arsenal”ga qarshi o‘yinda “Liverpul” safida debyut qiladi va gol uradi. Uning “qizillar” safidagi birinchi xet-triki 2018 yilning qishiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, may oyida Mane Chempionlar ligasi finalida gol urgan birinchi senegallik futbolchiga aylanadi.

SHAXSIY HAYOTI

Iqtidorli futbolchi hozircha uylanishga shoshilmayapti. Qolaversa, uning kimnidir sevishi haqida internetda deyarli ma’lumot yo‘q. Chunki Mane sevgi o‘yinlaridan uzoq yuradi. Oldinroq uning sevgan insoni borligi haqida ma’lumot tarqalgandi, ammo u qiz haqida hech narsa ma’lum emas. Taxminlar bor, xolos. “Instagram”dagi sahifasida ham do‘stlari va jamoadoshlari bilan tushgan suratlarini joylab boradi.

BUGUN

Mane hozirda “Liverpul”da 10-raqamda o‘ynamoqda. Asosan, o‘ng oyoqda harakat qiladi. Bo‘yi 175 sm, og‘irligi — 70 kg. Tezligi, driblinglari joyida.

Nizomjon ISLOMOV tayyorladi.

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:36, 19.10.2019.
O'qildi: 10670 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.