Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

O‘tkazib yubormang: bugun “qizillar jangi”

O‘tkazib yubormang: bugun “qizillar jangi”

Baho:
+ | -

Bugun Angliya Premyer ligasi navbatdagi turidan o‘rin olgan markaziy o‘yin bo‘lib o‘tadi. Ha, agar siz futbolga qiziqsangiz, topdingiz: “qizillar jangi”.

“Liverpul” klubi “qizillar” deya atalishidan xabaringiz bor, “Manchester Yunayted” esa “qizil iblislar”. Ikkala jamoaning ham asosiy libosi qizil rangda. Shu bois bugungi o‘yinni “qizillar jangi” deb atashga qaror qildik. Qolaversa, bu ramziy ma’noda ham o‘zini oqlaydi, jang qanchalik shiddatli bo‘lsa, shuncha ko‘p qon to‘kiladi. Bugun ham maydon ko‘chma ma’noda, ramziy ma’noda “qizilga burkanadi”, degan umiddamiz.

Vaziyatga real yondashadigan bo‘lsak, bugungi “Liverpul” bugungi “Manchester Yunayted”dan har jabhada kuchli. Hatto tarkib jihatdan ham. Odatda, “MYU” safida yulduzlarni ko‘rishga o‘rganganmiz, lekin bugungi “MYU” fabrikasi bu jihati bilan maqtana olmaydi. Axir qanday ham maqtansin asosiy figura — Ser Aleks Fergyuson endi jamoada yo‘q.

“Manchester Yunayted” “qizillar”ga qarshi o‘yindan oldin bir jihatdan ustunlikka ega edi, ya’ni darvozabon. Chunki, xabaringiz bor, Alisson hali jarohatidan to‘liq tiklanmagan va “Liverpul” darvozasini ikkinchi posbon Adrian qo‘riqlayotgandi. De Xe esa Adriandan ancha tajribali. Biroq FIFA kunlari doirasidagi o‘yinlarda De Xea ham jarohat oldi va “MYU” endi ikkinchi posbon — Serxio Romeroga murojaat qiladi. To‘g‘ri, Romero ham Adriandan tajribaliroq, ammo unda o‘yin amaliyoti juda kam. Qolaversa, bugun Bekker ham maydonga tushsa, unda bu chiziqda ustunlik yaqqol “Liverpul” tarafda bo‘ladi.

“MYU”ning kamchiligi shundaki, klub safida van Deykdek devor yo‘q, Manedek yetakchi yo‘q, Salohdek ijrochi yo‘q. Ko‘pchilik jarohatda. Jarohatdan tiklanganlari esa baribir yuqori darajada o‘ynay olmasligi mumkin.

Bugun Sulsherni o‘zining aqli va tajribasi qutqarib qolishi mumkin. Ya’ni agar a “Liverpul”ning o‘yinlarini kuzatib, Yurgen Klopp shogirdlarining kamchiliklarini va bu kamchiliklardan qanday foydalana olish yo‘lini topa olgan bo‘lsa, kerakli natijaga erishishi mumkin. Bu tezkor qarshi hujum, aniq zarbalar, kutilmagan qarorlar va yana biz bilmagan bir qancha usullar...

“Liverpul” bugun katta ehtimol bilan birinchi raqam ostida o‘ynaydi. Aslida, qizillar har bir o‘yinda hujumkor o‘ynashadi, ustunlikka ega bo‘lishga intilishadi. Sulsher jamoasi esa bir necha bor ikkinchi raqam ostida o‘ynab ko‘rdi. Himoyaviy taktika bugungi “qizil iblislar”ga to‘g‘ri kelmaydi, sababi himoyada muammolar yetarlicha. Ayniqsa, “qizillar”ga qarshi himoyaviy taktikaga tayanib o‘ynash juda qiyin. Hujumkor o‘ynash esa undan-da mushkul. Unda nima qilish kerak, deysizmi? Bilmadim. “Manchester Yunayted” muxlislari bugun shotlandiyalik mutaxassis ana shu chigal vaziyatga munosib yechim topa olishiga ishonishyapti.

Agar bugun Klopp zafar quchsa, APLda rekord o‘rnatadi. Mavsum boshidan beri germaniyalik mutaxassis  faqat g‘alaba qozonmoqda. Bugungi g‘alaba bilan (agar shunday bo‘lsa), Klopp Gvardiola, Mourinyo va Sulsherning rekordini yangilaydi. Qiziq holat, shundaymi? Qaysidir ma’noda bugun Klopp va Sulsher o‘rtasida rekord uchun ham jang boradi. Klopp Sulsherning rekordini aynan Sulsherning o‘zini yengib yangilaydi yoki Sulsher Kloppni to‘xtatib, Gvardiola va Mourinyoning duosini oladi.

Bugungi o‘yinni o‘tkazib yubormang. Umid qilamizki, markaziy o‘yin o‘z maqomini oqlaydi.

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:32, 20.10.2019.
O'qildi: 4921 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.