Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron 0-0 Xitoy
20/09 12:00 Gonkong 1-5 Tailand
20/09 15:00 KXDR 0-0 BAA
20/09 15:30 Fiorentina 1-1 Napoli
20/09 15:30 Yaponiya 7-0 Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe 1-0 Malaga
20/09 17:15 Andijon 1-4 Nasaf
20/09 18:00 Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone 2-0 Komo
20/09 18:00 Parma 2-1 Jenoa
20/09 18:00 Bornmut 0-1 Liverpul
20/09 18:00 Lids 0-0 Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti 5-3 Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona 1-2 OKMK
20/09 19:15 Atletiko 2-1 Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv 0-1 Neftchi
20/09 20:30 Fulhem 1-1 Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus 2-0 Atalanta
20/09 21:30 Deportivo 1-1 Betis
20/09 21:30 Vilyarreal 3-1 Levante
20/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
21/09 00:00 Valensiya 2-3 Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum
22/09 10:00 Vyetnam - O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin - Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni

O‘FA ishchi guruh vakillari Andijon viloyatida bo‘lishdi

O‘FA ishchi guruh vakillari Andijon viloyatida bo‘lishdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatovning Namangandagi xizmat safari tafsilotlari bilan tanishtirgan edik. Safarning ikkinchi kunida O‘FA ishchi guruh vakillari Andijon viloyatida bo‘lishdi.

Dastlab Ravshan Ermatov boshchiligida mutaxassislar Andijon shahridagi Bo‘ston dahasida joylashgan Andijon bolalar va o‘smirlar futbol maktabiga tashrif buyurib, yosh futbolchilar bilan uchrashdi va futbol maktabi sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Kelajakda ushbu dargohda futbol akademiyasini tashkil buyicha taklif tayorlash rejalashtirildi. Keyin mutaxassislar Andijon shahri Sho‘rbuloq dahasida joylashgan bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasida bo‘lib, ushbu akademiya faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shu yerning o‘zida Ozarboyjonda o‘tgan xalqaro turnirda g‘olib bo‘lgan yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng Andijon shahridagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati faoliyati o‘rganib chiqilib, ushbu dargohda futbolchilarni qabul qilish kvotalarini ko‘paytirish va qo‘shimcha maydonlar qurish taklifi ilgari surildi. Shuningdek, «Andijon» klubi ishtirok etadigan «Sog‘lom avlod» stadionida maydon holatini yanada yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatma berildi. O‘FA ishchi guruhi tomonidan Izboskan, Shahrixon, Asaka, Qo‘rg‘ontepa tumanlari ko‘zdan kechirilib futbol maktablari va akademiyalari barpo etish uchun qulay lokasiyalar belgilab olindi.

Andijon futbolining bugungi holati o‘rganib chiqilgach, tegishli xulosa va rejalarni muxokama qilish maqsadida Ravshan Ermatov Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov bilan uchrashdi va viloyat futbolini rivojlantirish bo‘yicha rejalar borasida suhbatlashdi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 09:05, 23.10.2019.
O'qildi: 1718 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик