Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Pogba va De Xea klubning bugungi mashg‘ulotlarini o‘tkazib yuborishdi

Pogba va De Xea klubning bugungi mashg‘ulotlarini o‘tkazib yuborishdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xea va yarim himoyachi Pol Pogba katta ehtimol bilan Yevropa Ligasi guruh bosqichi 3-turida "Partizan" bilan o‘yinda maydonga tushmaydi.

Ikkala futbolchi ham "Manchester Yunayted"ning bugungi mashg‘ulotlarini o‘tkazib yuborishdi.

Fransiyalik futbolchi jarohati tufayli 30 sentyabrdan buyon o‘yinlardan chetda qolmoqda.

O‘tgan yakshanba kuni "Liverpul" bilan o‘yinda ispaniyalik darvozabonning ishtiroki so‘roq ostida edi, u tiklanishga muvaffaq bo‘ldi va maydonga tushdi.

Shuningdek, Nemanya Matich, Lyuk Shou, Diogu Dalot va Aksel Tuanzebe "MYU"ning bugungi mashg‘ulotlarini o‘tkazib yuborishdi.

Eslatib o‘tamiz "Partizan" va "Manchester Yunayted" o‘rtasidagi uchrashuv 24 oktyabr payshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 17:25, 23.10.2019.
O'qildi: 2033 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик