Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

YECHL. «F» guruhi. «Inter» «Borussiya»ga imkon qoldirmadi, «Slaviya» «Barselona»ni ancha qiynadi

YECHL. «F» guruhi. «Inter» «Borussiya»ga imkon qoldirmadi, «Slaviya» «Barselona»ni ancha qiynadi

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasi 3-turi doirasida "Barselona" safarda "Slaviya" mehmoni bo‘lgan bo‘lsa, "Inter" va "Borussiya" jamoalari "San-Siro"da to‘qnash kelishdi.

"Ko‘k-anorranglilar" 3-daqiqadayoq hisobni ochishdi: Arturning uzatmasidan keyin Messi to‘pni darvozaga burib qo‘ydi. Mazkur gol bugungi o‘yinda kataloniyaliklar yirik hisobda g‘alaba qozonishidan darak berayotgandek edi. Ammo, kutilmaganda, chexiyaliklar nomdor raqibga qarshi juda kuchli o‘yin namoyish qila boshlashdi. Masalan, birinchi bo‘limning o‘zida Mark-Andre ter Shtegen kamida 3ta vaziyatda jamoasini qutqarib qoldi.

Pragaliklarning urinishlari ikkinchi bo‘lim boshida samara berdi. Borjilning zarbasini ter Shtegen qaytara olmadi. Oradan 7 daqiqa o‘tib ispaniyaliklar hech kim kutmagan joyda gol urib ketishdi. Messi jarima zarbasini amalga oshirdi va Suares o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p rekoshet orqali "Slaviya" darvozasidan o‘rin oldi.

Ikkinchi bo‘limning aksariya qismida ustunlik "Barsa" tomonida bo‘lgan bo‘lsa, o‘yin so‘ngida mezbonlar raqib darvozasi tomon jiddiy bosim o‘tkazishdi. Ammo jamoalarga gol urish boshqa nasib qilmadi.

"Inter" esa pley-offga chiqish yo‘lidagi asosiy raqibi — "Dormund"ni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. 22-daqiqada Stefan de Vrey maydon markazidan bergan uzatmani Lautaro Martines raqib jarima maydoni ichida o‘ziga bo‘ysundirdi va darvozani ishg‘ol qildi.

O‘yin tugashiga 8 daqiqa qolganida dortmundliklar darvozasi tomon penalti belgilandi, ammo Martines tomonidan yo‘llangan zarbani mehmonlar posboni Roman Byurki qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib yetib kelgan Espozito besh metrdan darvozani ishg‘ol eta olmadi.

O‘yin yakunlanishiga 1 daqiqa qolganida "neradzurri" qarshi hujum tashkil qildi va Antonio Kandreva yakkama-yakka vaziyatda "Borussiya" darvozasini ishg‘ol qildi.

"Barselona" 7 ochko bilan yaqqol peshqadamga aylangan bo‘lsa, "Inter" va "Borussiya" klublari hisobida 4tadan ochko mavjud.

"F" GURUHI, 3-tur
Inter Italiya – Borussiya D Germaniya 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 22 Martines, 2:0 – 89 Kandreva.
Inter – Xandanovich, Shkrinyar, de Vrey, Godin, Asamoa (Biragi, 80), Barella, Kandreva, Brozovich, Galyardini, Martines (Valero, 90), Lukaku (Espozito, 62).
Borussiya D – Byurki, Xakimi, Akandji (Bruun Larsen, 74), Xummels, Shuls, Sancho, Vitsel, Azar (Gerreyru, 84), Dileyni (Daud, 65), Brandt, Vaygl.
Ogohlantirishlar: Brozovich (43), Barella (56), Godin (78), Vaygl (79), Xummels (87), Kandreva (90).

Slaviya Chexiya – Barselona Ispaniya 1:2 (0:1)
Gollar: 0:1 – 3 Messi, 1:1 – 50 Borjil, 1:2 – 57, avtogol Olayinka.
Slaviya – Kolarj, Kudela, Borjil, Soufal, Zeleni (Tesl, 46), Masopust (van Byuren, 76), Stanchu (Gushbauer, 77), Shevchik, Souchek, Govorka, Olayinka.
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Langle, Semedu, de Yong, Buskets (Vidal, 78), Artur (Rakitich, 84), Grizmann (Dembele, 69), Suares, Messi.
Ogohlantirishlar: Alba (35), Masopust (56), Borjil (64), Olayinka (71), Shevchik (76), Dembele (90).

JamoaO‘yin G‘  D    M   T - N Ochko
1 Barselona 3 2 1 0 4-2 7
2 Inter 3 1 1 1 4-3 4
3 Borussiya D 3 1 1 1 2-2 4
4 Slaviya 3 0 1 2 2-5 1
Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:00, 24.10.2019.
O'qildi: 5819 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.