Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Zambarakning o‘qi

Zambarakning o‘qi

Baho:
+ | -

"Real"ning Palma de Malyorkadagi mag‘lubiyati ko‘pgina savollarga oydinlik kiritdi. Orolliklar har tomonlama "Real"dan ustun o‘ynashdi. "Real"ning yoshi o‘tib qolgan futbolchilardan tuzilgan jamoasi baribir bir kun bo‘lmasa bir kun qoqilardi.

Axir, 33 yoshli Serxio Ramos, 34 ni urib qo‘ygan Luka Modrich, 32 yoshli Benzema... Xullas, jamoaning o‘zagi qarib bo‘lgan. Jamoaning kuchi bor-yo‘g‘i bir taymga yetyapti. Klub akademiyasidan ham munosib o‘rinbosarlar chiqmayapti. Chiqqanlarini ham ulg‘aymasidan pullab yuborishgan. Morata, Xese, Mata, Markos Alonso kabi futbolchilar hozirgi kunda "Real"ga juda kerak. Transfer siyosatida ishlar ko‘ngildagidek emas. Olib kelingan Eden Azar, Luka Yovich kabilar hali "Real"ga munosib ekanliklarini isbotlashgani yo‘q. Neymar va Mbappeni esa “PSJ” ikki dunyoda ham qo‘yvormaydi. Ana shuning uchun Peres janoblari hamma aybni o‘z bo‘yniga olaversa ham bo‘ladi.

Eng asosiysi, jamoaga Ronaldu yetishmayapti. Ronaldudek futbolchi "Real"ga boshqa keladimi-yo‘qmi bilmayman, lekin ana shu yo‘qotish juda katta yo‘qotish edi. Minus 40 ta - 50 ta gol degani edi bu. Garet Beylning Chempionlar ligasi finalida kiritgan akrobatik golidan keyin, jamoada kelgusida yetakchilikni qo‘lga olishini aynan u qo‘lga oladi deyishdi. Ammo Beyl Ronalduning yarmicha ham emas ekan. O‘zi o‘sha 2017-2018 mavsumidayoq "Real"ning davri tugayotgani ayonlashgandi. Futbolchilarning yoshi o‘tib qolgan, jamoani yoshartirish kun tartibidagi asosiy vazifalardan biri edi. Ammo ketma-ket Chempionlar Ligasidagi 3 marta g‘oliblik hammaning boshini aylantirib qo‘ydi.

"Real" o‘zini dunyoda eng zo‘r hisoblab, kelajak haqida o‘ylamay qo‘ydi. O‘tgan yilgi sharmandali natijadan keyin Zidan jamoaga bosh murabbiy bo‘lib qaytdi. Biroq ixtiyorida munosib jamoa bo‘lmagandan keyin u ham nima qilsin? 33-34 yoshli qariyalardan tuzilgan jamoa bir mavsum La-liga o‘yinlari shiddatiga dosh bera oladimi? (Men Chempionlar Ligasi o‘yinlarini qo‘shmay aytyapman). Darvoqe, Zidan jamoani qutqargani, yorqin g‘alabalarga boshlagani keldi. "Real"ning o‘rnida San-Marino terma jamoasi bo‘lganda ham Zidan o‘zini ko‘rsata oladimi?

Xullas, bu o‘yinchilar bilan, Zidan bobo, hech narsa qilolmaysiz. Raqib akademiyasidan Karlos Peres, Ansu Fati kabi iste’dodlar yetishib chiqayotgan paytda "Real" akademiyasi umuman maqtanolmaydi. Xullas, Zidan bobo, siz "Real"da avlodlar almashinuviga ehtiyoj sezilib, bu borada klubda hech qanday ishlar amalga oshirilmayotgan paytda keldingiz. Yana o‘sha 30 dan o‘tib ketgan "megayulduzlar" bilan ishlashga majbursiz. Bu yoqda "Real" muxlislari jamoadan faqat va faqat g‘alaba kutadi. Siz esa ana shunday yangilanishga muhtoj jamoaga qaytib o‘zingizni ZAMBARAK O‘QIga tutib berdingiz. Bu yog‘iga esa sizga sabr tilaymiz...

Safarali SIDDIQOV

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:05, 24.10.2019.
O'qildi: 8064 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.