Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/11 00:45 Kalyari 1-0 Verona
30/11 01:00 Brayton 1-1 Sautgempton
30/11 01:00 Malyorka 2-1 Valensiya
30/11 18:00 Barselona - Las-Palmas
30/11 19:00 Komo - Monsa
30/11 20:00 Brentford - Lester
30/11 20:00 Kristal Pelas - Nyukasl
30/11 20:00 Nottingem Forest - Ipsvich
30/11 20:00 Vulverhempton - Bornmut
30/11 20:15 Alaves - Leganes
30/11 22:00 Milan - Empoli
30/11 22:30 Vest Xem - Arsenal
30/11 22:30 Espanyol - Selta
01/12 00:45 Bolonya - Venetsiya
01/12 01:00 Valyadolid - Atletiko

Haqiqiy fabrika: “Ayaks”ning siri nimada?

Haqiqiy fabrika: “Ayaks”ning siri nimada?

Baho:
+ | -

Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida “Ayaks”ning “Chelsi”ga qarshi o‘yinini ko‘rdim. Shunchaki dahshat. Frenki de Yong, Matteys de Ligt kabi yetakchilari tark etgan klubga sira o‘xshamaydi. Hatto bu ikki futbolchining o‘rni sezilmadi ham.

Ushbu o‘yinni kuzata turib, shuni tushunib yetdimki, “Ayaks” o‘z maqsadi yo‘lida og‘ishmay ketyapti: futbolchilar yetishtiradi, yaxshigina narxga sotadi va daromad qiladi.  Shu bilan birga Gollandiya chempioni bo‘lishda davom etadi. Endi-endi “Ayaks” xalqaro maydonlarda ham o‘zini ko‘rsatishni boshladi. Ammo asosiy maqsaddan chalg‘igani yo‘q: kelasi yil yozida golland klubi yana bir-ikkita yetakchisini sotib, mo‘maygina pul ishlab olsa ham ajablanmayman.

Xo‘sh, bunday muvaffaqiyatning sababi nima? Xomashyo o‘zingdan chiqsa, daromad hama yaxshi bo‘ladi deydi tadbirkorlar. “Ayaks” ham xomashyo ishlab chiqaruvchi ajoyib zavodiga ega. Tushungandirsiz, gap akademiya haqida ketyapti. “Ayaks” akademiyasi Portugaliyaning “Sporting” va shunga o‘xshash klublari kabi Yevropa uchun iqtidorli futbolchilar yetkazib berishni o‘z zimmasiga olgan, albatta, mo‘maygina daromad evaziga. Klub rahbariyaning siyosati oddiy va moddiy jihatdan samarali — akademiyaga iqtidorli yoshlar qabul qilinadi, ular orasidan o‘zini ko‘rsata olganlari asosiy jamoaga jalb etiladi. Asosiy jamoada o‘zini ko‘rsatganlar esa boshqa klublarga qimmatgina pulga sotiladi. Tizim juda tartibli — akademiyadan asosiy jamoaga ketgan futbolchilarning o‘rni to‘ldiriladi, keyin esa o‘z navbatida asosiy jamoadan boshqa klublarga sotilganlarning o‘rnini boshqa futbolchilar egallaydi.

Ikkinchi omil — bosh murabbiy. Xomashyo qanchalik sifatli bo‘lmasin, undan kerakli mahsulotni yasay oladigan usta bo‘lmasa, befoyda. “Ayaks”da esa bunday ustalar doim bo‘lgan. Hozirgi murabbiy ham bu borada tajribaga ega. Tajribali futbolchilar bilan ishlash yosh futbolchilarni parvarishlashdan ko‘ra osonroq. Yosh futbolchilarni tarbiyalaydigan murabbiyning zimmasida mas’uliyat katta bo‘ladi. Hali qoni qaynoq, to‘pni qoyillatib tepa oladigan, ammo zamonaviy futboldagi taktikalarni o‘rganishga ulgurmagan yosh yigitchalarni to‘g‘ri yo‘lga solish chakana ish emas. “Ayaks” murabbiyi esa ana shu ishni maromida bajaryapti.

“Ayaks” bu yog‘iga siyosatini o‘zgartirishi, kattaroq natijalarga erishishga intilishi tayin. Chunki bir marta YECHL yarim finaliga chiqqan klub yana bu maqsadga intilishi tabiiy. Erik Ten Xag futbolchilarga g‘oliblik ruhini singdira oldi, bu esa futbolchilarga yana va yana olg‘a intilishga yordam beradi.

“Chelsi”ga qarshi o‘yindan keyin “Ayaks”ning futbolchilarning jismoniy holati uchun javobgar murabbiylariga ham qoyil qoldim. Tinim bilmay yugurdi futbolchilar. Faqat omadgina g‘olib bo‘lishga imkon bermadi, umumiy olib qaraganda “Ayaks” g‘alabaga ham haqli edi. Jamoa muvaffaqiyatining asosiy negizi — murabbiylarda. Agar murabbiy o‘ta aqlli va o‘z ishining ustasi bo‘lsa, jamoa doim iqtidorlilar to‘p suradi. “Ayaks” aynan shu naqlni o‘ziga shior qilib olgan bo‘lsa, ajab emas. Aytmoqchimizki, Erik Ten Xagning aqlli ekanligi jamoaga kerakli futbolchilarni olib kelishiga zamin yaratadi. Masalan, Promisni olaylik. Rossiya chempionatida o‘ynab yurgan yigitcha. Nomdor chempionat emas. Ammo Ten Xag tushundiki, kuchsizroq chempionatlarda ham kuchli futbolchilar to‘p suradi. Ya’ni futbolchining kuchsiz chempionatda o‘ynashi uning ham kuchsiz ekanligini anglatmaydi. Natijada gollandiyalik yosh iqtidor “Ayaks”ga olib kelindi va uning nimalar qilganini ko‘rdingiz. U “Ayaks”da qayta shakllanyapti.  Ten Xag uni iqtidorli futbolchi sifatida qayta “yasamoqda”.

Bu mavsumda golland klubi uzoqroqqa bora oladi. Agar tizim shu tarzda ishlasa, keyingi mavsumda ham “Ayaks” yaxshi natijalar qayd etishi bilan birga dunyo futboliga bir nechta iqtidorlarni ham yetishtirib beradi.

Nizomjon ISLOMOV

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:07, 24.10.2019.
O'qildi: 3844 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.