Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘zbekiston kubogi: bugun – final!

O‘zbekiston kubogi: bugun – final!

Baho:
+ | -

Bugun poytaxtimizdagi “Lokomotiv” stadionida O‘zbekiston kubogi-2019 musobaqasining final uchrashuvi o‘tkaziladi. XXVII bor o‘tkazilayotgan mamlakat kubogining bu yilgi mavsumi finalida ham xuddi o‘tgan yilgidek “Paxtakor” hamda AGMK jamoalari kuch sinashishadi.

Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, mamlakat kubogini jami sakkiz jamoa qo‘lga kiritgan. Sovrinni eng ko‘p boshi uzra ko‘targan jamoa bu “Paxtakor” sanaladi. “Sherlar” 11 marta finalda raqiblari ustidan zafar quchgan. Toshkentning “Bunyodkor” (4 marta), Namanganning “Navbahor” (3), Toshkentning “Lokomotiv” (3), Farg‘onaning “Neftchi” (2), Qarshining “Nasaf” (1), Toshkent viloyatining “Do‘stlik” va AGMK (1) jamoalari ham mazkur musobaqada zafar quchishgan.

Bugun o‘tkaziladigan final uchrashuvida har ikkala jamoaga omad tilaymiz va chiroyli futbol kutib qolamiz.

Coca-Cola O‘zbekiston kubogi / Final
26 oktyabr, shanba. Soat 17:00
PAXTAKOR - AGMK
Hakamlar: Sherzod Qosimov (Toshkent), Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent), Jasur Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: Rashid Aytekov (Toshkent)
Komissar: Aleksandr Davidenko.

Kiritildi: 07:23, 26.10.2019.
O'qildi: 6363 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик