Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ronaldo bilan qiziqarli intervyu

Ronaldo bilan qiziqarli intervyu

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Yaqindagina «Kartaviy Futbol» kanali blogeri Nikita Kovalchuk Moskvada mehmon bo‘lib turgan afsonaviy Ronaldo bilan uchrashishga va kichik intervyu tashkillasshtirishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu suhbatni e’tiboringizga taqdim etamiz.

 Bizning yoshlik davrimizda, ko‘chadagi barcha bolalarning futbolkasida sizning ismingiz yozilgan edi. Oradan yillar o‘tgan bo‘lsada, sizni hech kim unutgani yo‘q. Sizning qaysi jihatingiz sababli futbol muxlislari aynan sizni qo‘msashadi?

Menimcha futbol halollikni sevuchi sport turi bo‘lgani bois, uni tomosha qiluvchilar soni juda ko‘p. Zamonaviy hayotimizdagi muammolar maydonda mavjud emas. Balki, shu sababli insonlar futbol tomosha qilishni yaxshi ko‘rishsa kerak. Mening qolgan futbolchilardan ortig‘ hech qanday hislatim yo‘q, lekin yana bilmadim (kuladi)

Siz «Inter» va «Milan»da to‘p suribgina qolmay, «Barselona» va «Real Madrid» klublari sharafini himoya qilgan bo‘lsangiz ham, klub muxlislari hech qachon sizni tanqid qilishmagan. Buning siri nimada?

Faoliyatim mobaynida biror marotaba bunday to‘siqqa uchramaganimdan juda xursandman. Men to‘p surgan klublar maydonda ko‘rsatgan o‘yinlarimdan kelib chiqib meni haqimda fikr bildirishgan. Ular meni hurmat qilishar, namoyish etayotgan futbolim tufayli doimmo ardoqlashar edi. Ayniqsa Milan shaxri jamoalari muxlislari meni birdek qo‘llab-quvvatlab turishar, hech qachon meni hushtaklar bilan kutib olishmagan.

Ronaldo futbolchilik shog‘ida nimadan qo‘rqar edi?

To‘g‘risi, jismoniy mashg‘ulotlarni sira yoqtirmas edim. Hozirda futbolchilar asosan yaka tartibda mashg‘ulotlar o‘tkazishga o‘rganib qolishgan. Bizning davrimizda jismoniy mashg‘ulotlar jamoa bilan amalga oshirar, o‘ziga yuklatilgan yuklamalarni bajarmagan futbolchilar qattiq tanqid ostiga olinar edi. Har kuni 10 km masofani yugurib bosib o‘tishni tasavvur qilyapsizmi?

Avvallari siz, Inzagi, Shevchenko, Anri sigari kuchli markaziy hujumchilar mavjud edi. Hozirda Markaziy hujumchilarning futbolda tutgan o‘rni o‘zgarib ketdimi yoki saviyali markaziy hujumchilar yo‘qmi?

Afsuski, hozirda bizning davrimizga kelib top darajadagi futbolchilar soni keskin kamayib ketdi. Siz hozir eslab o‘tgan futbolchilar mening davrimda hujum chizig‘ining o‘zi daxshatli raqobat xosil qilishgan edi. Hozirga kelib butun futbol olamida Ronaldu va Messi o‘rtasidagina raqobat mavjud. Qolgan futbolchilar ularning darajasiga yaqin ham kela olmayapti. Ularning kuchli o‘yini sababli markaziy himoyachilar ortda o‘ynashga majbur bo‘lishmoqda 

Neymarni o‘zingizning izdoshingiz deb hisoblaysizmi?

U bizning kelajagimiz. Neymar o‘z faoliyati so‘nggiga qadar Braziliya uchun Mundial g‘olibligini taqdim eta olishiga shubham yo‘q.

Murabbiy jamoaning o‘yiniga qanchalar ta’sir o‘tkazadi? Siz bilan ishlagan eng kuchli murabbiy deb kim alohida qayd etasiz?

Albatta, murabbiylar o‘z uslubi bilan nafaqat o‘yinga, balki butun boshli klubga o‘z ta’sirini o‘tkaza oladi.

O‘z faoliyatim davomida ko‘plab kuchli murabbiylar bilan ishlagan bo‘lsamda, ular orasidan eng kuchli uchtasini e’tirof etgan bo‘lar edim. Zagala mening yoshligimdagi faoliyatimning ilk qismida katta ko‘mak bergan bo‘lsa, Visente Del Boske inson sifatida ulg‘ayishimda tutgan o‘rni beqiyos. Shuningdek, Karlo Anchelotti haqida ham iliq so‘zlar aytishim mumkin.

Hozirda «Lion» jamoasi yarim himoyachi Memfis Depayning maoshi ham sizning «Inter» yoki «Barselona»da olgan maoshingiznikidan katta. Futbolning katta biznesga aylanib ketishiga qanday qaraysiz?

Futbolga bunday ko‘z bilan qarash noto‘gri. Futbol olamida minglab futbolchilar mavjud bo‘lsada, ularning juda kam qismi o‘z ishi uchun katta maosh olishadi. Afsuski, o‘yinchilar futbol sferasida eng kam pul topadigan insonlar sanaladi. Ushbu sportdagi eng katta pullar maydon chetidagi insonlar tomonidan ishlab topiladi. Afsuski, muxlislar doimmo futbolchilarning qancha maosh olishini bilishadiyu, ularning soyasida fantastik daromad oladigan insonlar haqida hech qanday ma’lumotga ega emas.

Siz o‘z vaqtida dunyoning eng kuchli hujumchisi, eng kuchli futbolchisi, barcha zamonalardagi eng kuchli hujumchi deb e’tirof etilgansiz. Shunday bo‘lsada, sizdagi "oltin to‘p"lar soni Leonel Messinikidan kam?

Agarda Messi va Ronalduga raqobat hosil qila oladigan futbolchilar bo‘lganida ular bu qadar ko‘p «Oltin to‘p»ni yutmagan bo‘lishar edi. To‘g‘ri, ular iqtidorli yigitlar, lekin raqobat bo‘lganida barchasi o‘zgacha ko‘rnish olishi aniq edi. 

O‘z hayotidagi eng muhim uchrashuviga tayyorlanayotgan futbolchilarga qanday maslahat bergan bo‘lar edingiz?

Hech qanday o‘zgacha ko‘rsatma mavjud emas. Futbolchi uzoq kutgan o‘yiniga tayyorgalik ko‘rishi va o‘zini ruhan tetik his etishi lozim. Shuningdek, ortiqcha o‘y hayyolarni bir chetga surib futboldan lazzat olishni organmoq lozim.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:35, 29.10.2019.
O'qildi: 3262 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.