Kuchli zarbaga ega futbolchilarning jamoada tutgan o‘rni beqiyos. Darhaqiqat, birgina kuchli va aniq zarba butun boshli o‘yinning natijasini belgilab berishi mumkin. Buguun futbol olamida eng kuchli zarba egalari haqida so‘z boradi.
Stiven Rid
Irlaniyalik himoyachi o‘z faoliyati davomida aytarli yutuqlarga erisha olmagan bo‘lsada, uning birgina zarbasi futbol tarixida qolishiga yetarli bo‘ldi.
2005-yilning 31-dekabr sanasida «Uigan» darvozsini uzoq masofadan o‘qqa tutgan Stiven o‘z jamoasi uchun o‘ta muhim bo‘lgan g‘alabani keltiradi. Ma’lumotlarga qaraganda, Rid tomondan yo‘llangan zarba soatiga 195 kilometr tezlikda darvzaning to‘qqizligidan joy olgan ekan. Himoyachi uchun ajoyib natija!
Roberto Karlos
Bu qanot himoyachisini eslab o‘tmaslikka haqqimiz yo‘q. Karlos o‘z faoliyati davomida barcha darvozabonlarni chap oyog‘idagi zarbasi bilan havotrda ushlab turgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Ayniqsa, 1997-yilda bo‘lib o‘tgan Fransiyaga qarshi uchrashuvda uzoq masofadan kiritilgan golga alohida to‘xtalib o‘tmaslikning iloji yo‘q. Hisob-kitoblarga qaraganda, Karlosning jarimadan yo‘llagan zarbasi soatiga 198 km tezlikda darvozadan joy olgan. Futbol tarixidagi eng chiroyli gollar 10 taligidan joy olgan zarba Roberto Karlos ismini tarixda abadiy qolishini ta’minladi.
Lukas Podolski
2010-yilda bo‘lib o‘tgan JCH doirasida Avstraliya darvozasini ishg‘ol qilgan Podolskining zarbasi sotig 202 km tezlikda darvozadan joy oladi. To‘g‘ri, bu gol u qadar chiroyli bo‘lmasligi mumkin, biroq ayan Podolski mundial uchrashuvlarda zarba tezligini soatiga 200 kmdan oshirishni uddalagan birinchi futbolcihga aylandi. Ushbu record birinchi yil davomida o‘zgarmay turdi, biroq quyida nomi zikr qilinadigan futbolchi uning natijasidanda o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldi
Roni Eberson
Portugaliyaning «Sporting» klubi futbolchisi 2006-yilda jarima zarbasini shu qadar kuchli zarb billan tepid-ki, to‘p darvozaga soatiga 210 km tezlik bilan uchib bordi. Yaqin burchakka yo‘llangan snariyandni ushlab qolishning iloji yo‘q. edi. Afsuski. keyinchalik o‘z faoliyatini Bundesligada davom ettirgan qahramonimiz grand klublarning radaridan yo‘qolib qoldi. Eberson o‘z faoliyati davomida bir necha bor kuchli zarbalar evaziga darvozani ishg‘ol qilganiga qaramay, o‘zi rekordini yangilay olmadi.
Halk
Dunyodagi eng kuchli jismoniy tayyorgarlikka ega futbolchilardan biri sanaladigan Halkning zarbalari ko‘plab darvozabonlarning tushlariga kirib chiqqan bo‘lsa, ajab emas. Darhaqiqat, braziliyalik futbolchi tabiyat ato etgan imkoniyatlardan unumli foydalishni biladiganlardan biri edi. Ayniqsa, «Portu» safida to‘p surgan chog‘larida futbolchi o‘zining eng pik formasiga chiqqan, uning «yovvoyi» zarbalari futbolchini bir zumda mashxur qilib yubordi. Ana shunday snariyadlardan biri 2011-yilda «Shaxter» jamoasi darvozasini silkitib yuborgan edi. Aniq hisob-kitoblarga ko‘ra, zarba tezligi soatiga 214 km tezlikni tashkil etgan ekan. Oradan 8 yil o‘tgan bo‘lsada, birorta futbolchi Halkning natijasini qaytara olmadi.