Futbol olamida hamma narsa bo‘lishiga ko‘nikib qolgan bo‘lsakda, futbolchilarning klubdan haydalishi juda kam uchraydigan xolatligacha qolmoqda. Boz ustiga, mashxur futbolchilarning klubdan quvilishi yanda kamyob hodisa. Bugun e’tiboringizga so‘nggi yillarda o‘z jamoalaridan quvg‘in qilingan mashxur futbolchilar va ularning jamoadan ketishiga sabab bo‘lgan voqeyalar haqida ma’lum qiluvchi maqolani taqdim etamiz.
Patris Evra
«Marsel» fransiyalik futbolchini o‘z jamoasiga qo‘shib olganida, dunyo darajasidagi qanot himoyachisini harid qilishni ko‘zlagan bo‘lsa, ajab emas. Afsuski, Patris klub mutasaddilar va muxlislarining ishonchini oqlay olmadi va klub u bilan tuzgan shartnomasi bekor qildi. Qahramonimiz «Viktoria» jamoasiga qarshi uchrashuvda o‘z muxlislaridan birining yuziga oyoq bilan tepgani uchun maydonni qizil kartochka olgancha tark etgan va klub muxlislarining nafratiga duchor bo‘lgan edi. O‘sha voqeyadan so‘ng, «Marsel» Evra bilan shartnomani tezda bekor qilgan bo‘lsa, UEFA fransuzni deyarli bir mavsumga katta futboldan chetlatdi.
Emir Spahich
Bosniyalik himoyachi 6 ta chempionatda to‘p surgan bo‘lsada, deyarli barcha jamoalarida o‘zining qiziqqonligi bilan ajralib turgan. Ayniqsa «Bayer» klubidagi faoliyati davomida futbolchi klubdan haydalish darajasigacha borgani achinarli. Eng qizig‘I shundaki, futbolchi o‘z do‘stlarini kiyinish xonasiga kirishlariga yo‘l qo‘ymagan qo‘riqchilar bilan mushtlashuvga kirishib ketgan, ulardan biriga jiddiy tan jarohati yetkazishga ham ulgurgan. Voqeya aks etgan video internet olamida tezda tarqab ketgach, futbolchi bir zumda klub muxlislarining g‘azabiga duchor bo‘ladi. Aynan muxlislarining talabi uchun klub Spahich bilan tuzilgan shartnomani bekor qilishdan boshqa chora topa olmay qoladi.
Adam Jonson
Bundan bir necha yil ilgari APLning eng tezkor futbolchilaridan biri sanalgan, Adam Jonsonning ahvoliq qolganllarnikidan tubdan farq qiladi. Qahramonimiz o‘zi to‘p surgan klubning voyaga yetmagan muxlisasining nomusini toptashda ayblanib qamoqqa olingan edi. Sud ishida yutib chiqish uchun o‘z uyini sotib eng mashxur advokatlarni yollagan bo‘lsada, qonun uni 6 yilga ozodlikdan mahrum qilgach, uning klubi futbolchi bilan shartnomni bekor qilishi tabiiy xol. Eng achinarlisi shundaki, Adam Angilyaning eng yomon qamoqhonalaridan birida saqlanmoqda va uning ishni qayta ko‘rib chiqish bilan bog‘liq barcha iltimoslari rad etilmoqda.
Hatem Ben Arfa
Kelib chiqishi tunislik bo‘lgan futbolchi qanchalar iqtidorli bo‘lmasin, o‘zining erkatoyligi sababli boshi balodan chiqmaydi desak, adashamgan bo‘lamiz. Qahramonimiz Angilyaning «Nyukasl» klubi safida ajoyib o‘yinalr o‘tkazgan bo‘lsada, biror marotaba mashg‘ulotlarda jiddiy ter to‘kmagan desak ishonasizmi? Futbolchiga ustozlik qilgan murabbiylarning aytishicha, Hatem haftalab mashg‘ulotlarda ishtirok etmas, doimo ortiqcha vazn muammosiga duch kelsada, uni bartaraf etish uchun o‘zida iroda to‘pa olmas ekan. Eng qizig‘I shundaki, futbolchi ma’suliyatsiz bo‘lishiga qaramay, jamoadagi eng katta ma’osh oluvchi futbolchilardan biri sanalar, bu esa, jamoadoshlarining g‘azabini qo‘zg‘atar edi. Ish shu qadarga borib yetdiki, futbolchining jamoadoshlari uni klubdan haydalishini jamoa rahbarlaridan talab qilishdi. Klub avvaliga futbolchini yoshlar jamoasiga o‘tkazdi. Bu kutilgan natijani bermagach esa, futbolchi bilan tuzilgan shartnomani bekor qildi.
Adrian Mutu
Raman Abramovich davrining ilk yillarida harid qilingan ruminyalik hujumchi futbol tarixidagi eng katta jarima to‘lagan futbolchi sifatida tarixda qoldi. Darhaqiqat, qahramonimiz 2004-yilgi mavsum oldidan doping tesdan o‘ta olagani ham yetmaganidek, uning qonida kokoin moddasi aniqlanadi. Ushbu voqeyadan so‘ng, UEFA futbolchini 7 oyga futboldan chetlatadi. «Chelsi» esa, futbolchini sotib olish uchun sarflagan 14 million yevro pulni Adriyendan undirib berishlarini talab qilib sudga murojaat etadi. Uzoq davom etgan sud jaroyonida «Chelsi» g‘olib chiqadi va hujumchi jabrlanuvchi sifatida qayta sud ishini ochgan bo‘lsada, sud futbolchiga qo‘shimcha yana 3 milliion yevro jarima solidi va futbolchi umumiyhisobda 17 million yevro jarima to‘lashga majbur bo‘ladi.