Italiyaning "Inter" klubi bosh direktori Djuzeppe Marotta jamoa hujumchisi Lautaro Martinesni “Barselona” klubiga o‘tayotganligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
"Lautaro "Barselona"da? Bu OAVning mish-mishi. U "Inter"da qoladi. Biz kuchli jamoa hisoblanamiz va bunday muhim futbolchilarni kamdan kam holatda sotamiz", - Marottaning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sport.