Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

«Lev Yashin» sovrini uchun 5 ta nomzod

«Lev Yashin» sovrini uchun 5 ta nomzod

Baho:
+ | -

Darvozabonlar ichida «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan yagona darvozabon sifatida tarixga kirgan futbolchi haqida ortiqcha so‘zlashning xojati bo‘lmasa kerak. Oradan 56 yil o‘tib UEFA va FIFA darvozabonlarning «oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishlarining iloji yo‘q ekanligini chuqur his etdi va kipperlar uchun alohida sovrin o‘ylab topdi va uni Lev Yashin nomi bilan atadi. Xo‘sh ushbu sovrinning ilk egasi ssifatida tarixga qaysi darvozabon kiradi? Bugun ushbu sovrinni qo‘lga kiritishga yaqin turgan 5 ta darvozbon bilan tanishib chiqamiz.

Ugo Lyoris

Lyoris o‘tgan mavsumda YECHL finaliga qadar yetib borgan bo‘lsada, ushbu sovrinni qo‘lga kiritish imkoni juda past. Gap shundaki, Lyoris o‘tgan mavsum davomida APL o‘yinlarida bir necha bor qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ygani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa, ajab emas.

Shunday bo‘lsada, u ijrosidagi ajoyib o‘yinlarni unutmaslik lozim. Ayniqsa, YECHL doirasida «Manchester Siti»ga qarshi kechgan o‘yinlar fransuz penaltini bartaraf etdii va nimalarga qodir ekanligini barchaga isbotlab qo‘ydi. Bundan tashaqari «Ayaks»ga qarshi o‘yinlarda jamoasining chinakam sardori sifatida so‘nggi soniyalarga qadar ruhiy dalda berib turishni uddladi. Ugo o‘tgan mavsumda sovrinsiz qolgan bo‘lsada, uning «Tottenhem»ning yangi darajaga ko‘tarilishida hissasi ulkan.

Yan Oblak

Afsuski, u katta ehtimol bilan so‘rovnomada 4-o‘rindan balandga ko‘tarila olmasligi aniq. So‘nggi 4 yil davomida eng ishonchli o‘yin namoyish etib kelayotgan darvozabon o‘tgan mavsumda ham «La Liga»ning eng ishonchli kipperi deb e’tirof etilganidan xabaringiz bor.

Ter Shtegen nechog‘lik iqtidorli bo‘lmasin, bu sovrinni bir bora ham qo‘lga kiritgmaganini aytib o‘tish lozim. O‘tgan mavsumda Oblak o‘zining eng yaxshi mavsumlaridan birini o‘tkazgan bo‘lsada, sovrinlarni qo‘lga kiritmasdan dunyoning eng yaxshi darvozaboni bo‘lishning imkoni juda kam. Afsuski, Oblak ushbu ro‘yxatda eng yaxshilardan biri bo‘lsada, bu sovringa da’vogarlik qilayotganlar orasida kuchli uchlikdan joy olmasa, ajab emas.

Mark Ter Shtegen

Afsuski, «Barselona»ning himoyadagi juda yomon o‘yini tufayli Ter Shtegen o‘tgan mavsumda keragidan ortiq to‘p o‘tkazib yubordi. Puyol ketgach, «Barselona» Pike bilan birgalikda to‘p surishni uddalay oladigan himoyachi izlashda davom etmoqda. Nemis posboni o‘tgan mavsumni ko‘ngildagidek o‘tkazmagan bo‘lsada, uning jamoasi ichki chempionatda g‘olib chiqdi va bu so‘rovnoma jarayonida katta rol ijro etishi aniq.

Bundan tashqari, «Barselona» «Ateltiko Madrid»dan ko‘ra YECHLda omadliroq ishtirok etdi. Umumiy ko‘rinishda Ter Shtegen Oblakdan o‘yin borasida ustun bo‘lmasada, natijalar borasida bir qadam oldinda.Bu esa, so‘rovnoma jaroyonida birinchi planga ko‘tariladigan omil ekanligni unutmaslik lozim. 

Ederson

Ushbu futbolchining qolganlardan yuqoriroqda turganidan xayron bo‘lmang, uning «Manchester Siti» uchun naqadar muhim futbolchi ekanligni inobatga olsak, darvozabonda g‘oliblik uchun imkoniyat mavjud. Keling bir boshidan tushuntirib beraman.

«Shaxarlliklar»ning hujumdagi o‘yinlari ko‘ngildagidek chiqishi uchun Edersonning juda katta mehnat qilishi har doim ham biz uchun sezilavermaydi. Darvozani ishonchli qo‘riqlabgina qolmay, Gvarrdiola tomonidan yuklatilgan qo‘shimcha vazifalarni ham a’lo darajada bajarmoqda.O‘yin davomda nafaqat darvozabon balki, 5-himoyachi va birinchi pas beruvchi futbolchiga aylanadigan Ederson o‘tgan mavsumda bir emas naqd 4 ta musobaqada g‘olib chiqdi va asosiy tarkibdagi o‘rnini hech kimga berib qo‘ygani yo‘q.

Allison Beker

O‘tgan mavsumda bir nechta so‘rovnomalarda mutloq tengsiz deb topilgan Allisonning ushbu sovrinning ilk egasi bo‘lishi uchun imkoniyatlari juda yuqori desak, adashmagan bo‘lamiz. Ochig‘I, Allisonning ushbu so‘rovnomada g‘olib chiqishiga hech kim shubha qilmayotgan bo‘lsa, ajab emas. Shuningdek bugungi ro‘yxatdagi darvozabonlar orasida quruq o‘yinlar soni bo‘yicha ham aynan braziliyalik posbon birinchi o‘rinni band qilgan. Otgan mavsumda qahramonimiz 57 ta o‘yinda ishtirok etgan bo‘lsa, 27 ta uchrashuvda o‘z darvozasining dahlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan. Bu so‘nggi yillardagi eng ajoyib natija hisoblanadi.

Alisson o‘tgan mavsumda «UEFA super kubogi», «Kopa Amerika» va YCHLda g‘olib chiqishni uddaladi. Allison o‘zi ishtirok etgan musobaqalarning deyarli barchasida eng yaxshi darvozabon deb e’tirof etilibgina qolmay, FIFA tomonidan tuzilgan ramziy terma jamoadan joy oldi. O‘ylashimizcha, aynan Allison Lev Yashin nomidagi sovrinning ilk egasiga aylanadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:42, 03.11.2019.
O'qildi: 2296 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.