"PSJ" hujumchisi Neymar belidan olgan jarohatidan forig‘ bo‘lib, jamoa mashg‘ulotlariga kirishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Braziliyalik futbolchi bugun bo‘lib o‘tadigan "Bryugge"ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi. Katta ehtimol bilan u FIFA kunlari tufayli yuzaga keladigan tanaffusdan keyin parijliklarga yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, Neymar Braziliya terma jamoasi safida Nigeriyaga qarshi o‘yinda jarohat olgan edi. Shu sababli u 3 hafta davomida maydonga tusha olmadi.
Futbolchi ushbu mavsumda 5ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi.