Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Sergeev "Paxtakor" tarkibida 100-golini urdi

Sergeev "Paxtakor" tarkibida 100-golini urdi

Baho:
+ | -

Igor Sergeev jamoamiz uchun o‘zining 100-golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

Bundan bir qancha muddat ilgari faoliyatida 100-to‘pini kiritishga erishgan hujumchi endi "Sherlar" safida yubiley golini urishga erishdi. "Surxon"ga qarshi bellashuvda kiritgan birinchi to‘pi Sergeev uchun "Paxtakor"dagi 100-goliga aylandi. O‘sha kuni u 101-golini ham kiritib ulgurdi. Gollardan 82tasi milliy chempionat bahslariga to‘g‘ri keladi. Yana 10 to‘pni Chempionlar Ligasi uchrashuvlarida kiritgan bo‘lsa, qolgan gollar kubok o‘yinlarida urilgan. Shunday qilib, Igor "Paxtakor" safida 206 bellashuvda 101 to‘p kiritdi. Chempionatdagi ko‘rsatkichlari esa 153 bahsda 82 golni tashkil qilmoqda.

Sergeev joriy mavsum "Paxtakor" bilan 4-marta O‘zbekiston chempioni va 2-bor O‘zbekiston Kubogi sohibi bo‘lishga erishdi.

Umid qilamizki, Igor hali jamoamiz uchun muhim gollar urish va g‘alabalar keltirishda davom etadi.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 22:28, 07.11.2019.
O'qildi: 2232 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.