Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Eldor Shomurodovni maqtagan rus sharhlovchisi baloga qoldi

Eldor Shomurodovni maqtagan rus sharhlovchisi baloga qoldi

Baho:
+1 | -1

Ayni damda hamyurtimiz Eldor Shomurodov Rossiyada chinakam shuhrat qozonyapti. Gollari bilan maydonda muxlislar e’tiborini o‘ziga tortayotgan bo‘lsa, maydondan tashqarida gazeta-jurnallar va televideniye orqali muxlislarni o‘zi haqidagi fikrlarni eshitishga majbur qilmoqda.

“SHOMURODOV  — RUS HUJUMCHILARIDAN HAM ZO‘R”

Yaqinda rossiyalik taniqli sharhlovchi Gennadiy Orlov "Sport-Ekspress" nashriga intervyu berdi. Tabiiy suhbat davomida jurnalist “Rostov” hujumchisiEldor Shomurodov haqida savol berdi.

"Menga, masalan, Shomurodov juda yoqadi. Bilasizmi nima uchun? — dedi Orlov. — U o‘zbek, lekin futbol borasidagi bilimi rossiyalik hujumchilarnikidan ham yaxshiroq”.

MUHOKAMA MARKAZIDA

Ayni shu fikr ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘ldi. Orlovni millatchilikda, bir millat sha’nini yerga urishda ayblashdi. “U butun bir xalqni haqorat qilganini biladimi?” deb yozdi foydalanuvchilardan biri.

Biz masalaning boshqa jihatiga to‘xtalmoqchimiz. Eldor Shomurodov ayni damda Rossiyada keng muhokama qilinyapti. Xuddi bizning kanallarda tajribali xorijlik hujumchilar muhokama qilinganidek, Eldor ham Rossiyada muhim mavzulardan biriga aylangan.

SEVIMLI FUTBOLCHILARI UCHTA

Rus nashrlarining yozishicha, Eldor Shomurodovning sevimli futbolchilari uchta: bular Fernando Torres, Didye Drogba va “so‘yloq” Ronaldo. Demakki, Eldor na Messiga muxlislik qiladi, na Ronalduga. Hartugul, rus manbalari bunday ma’lumotlarni osmondan olib yozishmas.

ASOSIY MAQSADI

Eldor Shomurodovning asosiy maqsadi borasida shak-shubha bo‘lishi mumkin emas — bu O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 2022 yili Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida to‘p tepish. Bu nafaqat Eldorning, balki millionlab muxlislarning orzusi.

Umid qilamizki, bugun rus nashrlari Eldor haqida yozayotgan bo‘lsa, ertaga hamyurtimizning ism-familiyasini Ispaniyaning o‘sha mashhur gazeta-jurnallarida ham o‘qiymiz. Yo‘q, biz bu bilan hamyurtimizni ko‘klarga ko‘tarib, zvezda aylantirib qo‘ymoqchi emasmiz. Eldor hali katta yo‘lning boshida turibdi. Faqat bu yog‘iga har qanday to‘siqni yengib, olg‘a intilsa bo‘lgani. “Stadion.uz” o‘quvchilaridan birining ta’biri bilan aytganda, “Gazini bos, Eldorjon!”

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:20, 09.11.2019.
O'qildi: 16316 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.