Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ronaldu yoki Messi? Kimning zarbasi havfliroq? Alisson javob berdi

Ronaldu yoki Messi? Kimning zarbasi havfliroq? Alisson javob berdi

Baho:
+1 | -1

Zamonaviy futbolning eng ko‘zga ko‘ringan ikki futbolchisi o‘ziga hos o‘yin uslubi va zarbaga ega ekanligi hech kimga sir emas. Xo‘sh, ularning qay biri yo‘llagan zarba darvozabonlar uchun noqulaylik tug‘diradi? Bugun ushbu mavzuda mashxur darvozabonlar tomonidan bildirilgan fikrlar bilan tanishib o‘tamiz.

Noyer

Men Messi va Ronaldudan hech qachon havfsiramaganman. Men uchun ular oddiy hujumchilardek gap. Ochig‘I istalgan hujumchidan keladigan zarba bilan ularning zarbasi o‘rtasida hech qanday farq yo‘q. Shunday bo‘lsada, tan olish lozim chap oyoq bilan zarba yo‘llaydigan futbolchilarning zarbasi biroz qiyinchilik tug‘diradi. Ularning nimani o‘ylaganini oldindan payqash juda mushkul.

Mark Ter Shtegen

«Barselona» Messiga juda bo‘glanib qolgani kabi bir vaqtlar «Real Madrid»ham Ronalduga bog‘lanib qolgan edi. Bu futbolchilar maydonda bo‘lsa, o‘yin natijasiga ortiqcha qiyinchiliksiz ta’sir o‘tkaza oladi. Ularning jamoada bo‘lishi, har taraflama klublari uchun foyda keltiradi. Menimcha darvozabonlar uchun eng havfli zarba kutilmaganda yo‘llangani bo‘lsa, ajab emas. Bu borada Leo Ronaldudan oldinda. Uning katta tezlikda yugurib ketayotgan chog‘da bergan zarbasining qaysi burchakka yo‘l olishini faqatgina tahmin qilish mumkin. Boshqachasiga uni bartaraf etishning iloji yo‘q.

Alisson

Barcha zamonlarda yilning eng yaxshi hujumchisi, himoyachisi va darvozaboni haqida tortishuvlar bo‘lgan. Shunday bo‘lsada, hech kim futbol jamoaviy o‘yin ekanligini va unda yolg‘iz futbolchi hech narsaga erisha olmasligi haqida o‘ylab ham ko‘rmaydi. Jamoasiz hech qanday futbolchi sovrinlarni qo‘lga kirita olmaydi!

Ronaldu va Messi ancha yillardan beri yuqori tempda to‘p surib kelishmoqda, lekin ular kuchli jamoaviy o‘yin tufayligina qolganlardan ajralib turishga muvaffaq bo‘lishmoqda, Bu mavsumda men qo‘lga kiritgan sovrinda yigitlar va murabbiylar shtabining o‘rni juda beqiyos. Ochig‘I Leoning zarbalari qolganlaridan farq qiladi. U zarba yo‘llashiga qadar bir necha bor aldamchi harakatlar qiladi, bu orada zarbaning yo‘nalishini topishning iloji bo‘lmaydi. Burama, yoki parashot uslubidagi zarbalarni bartaraf etish mumkin, lekin sen kutmagan tomonga yo‘llangan zarbani olib chiqishning deyarli iloji yo‘q.

David De Xea

Bu savoldan so‘ng, Rossiyada bo‘lib o‘tgan JCHdagi jarima zarbasi ko‘z oldimga keladi. Tan olish lozim, men bunday zarbani o‘yin davomida biror marotaba uchratmagan edim. Balki, shu sababli, uni faqatgina tomosha qilgandirman. Bir qarashda Ronalduning zarbasi judda oddiy ko‘ringani bilan, mukammal ijro etilgan edi. Uning zarbalari bilan faqatgina Roberto Karlosgina tenlashishi mumkin. Qolgan barcha futbolning bu jihati borasida undan ortda.

Iker Kasilyas

Men bu ikki futbolchini ham juda yaxshi taniyman. Ochig‘I Messi o‘z faoliyati davomida mening darvozamga istaganicha gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Ronaldu esa, mashg‘ulotlar chog‘ida ham bu ishni katta qiyinchilik bilan amalga oshirar edi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 12:49, 09.11.2019.
O'qildi: 11555 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.