Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Bernardeski Ronaldu haqidagi fikri bilan barchani hayron qoldirdi

Bernardeski Ronaldu haqidagi fikri bilan barchani hayron qoldirdi

Baho:
+ | -

Ertaga bizni Italiya «A seriya»si doirasidagi «Yuventus» va «Milan» jamoalari to‘qnashuvi kutib turibdi. Bugun ushbu o‘yin oldidan futbolchi va murabbiylar tomonidan bildirilgan fikrlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Jampaolo

Barcha narsaga real ko‘z bilan qarash lozim. Biz hozirda avvalgi darajamizga ko‘tarila oladigan holatda emasmiz. Shunday bo‘lsada, ertangi uchrashuvda turnir jadvalidagi o‘rnimizni yaxshilab olish uchun imkoniyat mavjud. Ertabgi o‘yinda «Lasio»ga qarshi ko‘rsatgan o‘yinimizdan kuchliroq o‘yin namoyish qilishga harakat qilamiz. To‘g‘ri, «Yuventus» istalgan raqibga qarshi tengma-teng kurash olib borishga qodir klub. Ularda jismonan yetuk futbolchilardan tashkil topgan kuchli tarkib mavjud. Aynan shunday raqibga qarshi o‘yinlardagi g‘alaba o‘z kuchimizga bo‘lgan ishonchni ortga qaytarishga ko‘mak beradi.

Hakan Chalhanoglu

«Yuventus» bu – «Yuventus»! Shunday bo‘lsada, biz ham «Milan» ekanligimizni unutmaslik lozim. Ular so‘nggi daqiqalarda gol  kiritib o‘yin taqdirini o‘zgartib yuborishmoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki, ularni mag‘lub etishning chorasi mavjud. Men doimmo o‘z ustimda ishlashga harakat qilyapman. Agarda jamoa mening hizmatlarimga ehtiyoj sezsa, maydonda ularni uyaltirib qo‘ymasligim aniq. Musobaqa jadvaldagi ahvolimiz achinarli, biroq «Yuventus»ga qarshi o‘yinda so‘nggi soniyaga qadar kurash olib borishga tayyormiz. Ushbu uchrashuvda kuch tejash haqida o‘ylayotganimiz yo‘q va biz uchun bu g‘alaba shunchaki 3 ochkodan ancha qiymatliroq.

Sarri

Mavsumning qaysi pallasi bo‘lishidan qat’iy nazar bu tarixiy to‘qnashuv. O‘ylashimcha biz jangovar «Milan» bilan to‘qnash kelamiz. Ular musobaqaning yuqori qismidan o‘rin olishga haqli klub va ular buni ertaga isbotlashga urunib ko‘rishadi. Bunday uchrashuvlarda to‘pni o‘zimizda ushlab turish juda muhim. Eng muhimi esa, ertangi bahsning to‘liq bizning rejamiz asosida o‘tishini ta’minlashimiz lozim. Hozir har bir g‘alaba biz uchun muhim. Shu yo‘sinda ruhiy charchoqni yengib o‘tishni reja qilganmiz.

Bernardeski

Ertaga bizni ko‘zlari «qonga to‘lgan» jamoaga qarshi uchrashuv kutib turibdi. Bu juda qiyin sinov bo‘lishiga Shubham yo‘q. Biz uchun oson bo‘lmasada, muxlislarimiz uchun ertaga g‘alabani hadya qilishni rejalashtiryapmiz.

Men yanada kuchliroq bo‘lishim kerakligini bilaman va har kuni shu maqsad yo‘lida odimlayapman. U nega meni har safar tanqid qilishini anglab yetdim. Sarri shu yo‘sinda meni yanada kuchliroq bo‘lishga undamoqda. Agarda sening raqobatchining Ronaldu darajasidagi futbolchi bo‘lsa, oldingda ikkita yo‘l mavjud. Ulardan biri uning soyasia qolib ketish bo‘lsa, ikkinchisi ushbu soyani yorib o‘tishdir. U bilan aloqalarimiz do‘stona bo‘lsada, men ikkinchi yo‘lni tanladim. Men ortiqcha gap-so‘zlarsiz uning barcha harakatlarini yodlab olishga harakat qilyapman.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:23, 09.11.2019.
O'qildi: 13146 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.