Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

AGMK “So‘g‘diyona” bilan nazorat o‘yinini o‘tkazdi

AGMK “So‘g‘diyona” bilan nazorat o‘yinini o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Bugun Qibraydagi stadionda AGMK yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalangan holda Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubiga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

Superligadagi yuzaga kelgan tanaffusda o‘yin amaliyotini saqlab qolish maqsadida tashkillashtirilgan bahsda Mirjalol Qosimov boshchiligidagi murabbiylar shtabi safdagi barcha futbolchilarga imkoniyat taqdim etdi.

Birinchi bo‘limda AGMK quyidagi tarkibda o‘ynadi:
Sultonov (Abdulov, 30) - Rahmatov, Kasminin, Yo‘ldoshev, Sulaymonov - Baydullayev, Qosimov, Nurmatov - Shixov, Polvonov, Pirimov.
Ikkinchi taymda o‘ynagan tarkib:
Abdulov (To‘rayev, 60) - Jalolov, Rahmonov, Zonich, Sulaymonov (Gulyamov, 58) - Umarov, Jo‘rayev, Abdunabiyev - Toshmatov, Hakimov, Pirimov (Toshpo‘latov, 58)

O‘yinga keladigan bo‘lsak, birinchi bo‘limda o‘yin asosan AGMK ustunligi ostida o‘tdi. Qator yaratilgan vaziyatlardan foydalana olinmadi.

Ikkinchi taymda o‘yin yanada jonlandi. Raqib darvozasi oldida keskin vaziyatlar sodir etishda ham faollik kuzatildi. Lekin yakuniy zarbani berishda yosh futbolchilarga sovuqqonlik yetishmadi.

Mirg‘iyos Sulaymonovning uzoqdan urgan goliga mehmonlar qatorasiga ikkita belgilangan penaltilar orqali javob berishdi. Dastlab Maxaradze penaltini golga aylantirgan bo‘lsa, keyin Sahob Rashidov 11-metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi. Uchrashuv yakuniga yaqin esa Javohir Xayrullayev o‘z nomiga gol yozdi.

Shu tariqa rejadan o‘rin olgan dastlabki nazorat o‘yinida “So‘g‘diyona” g‘alaba qozondi.

Qayd etish kerakki, mazkur o‘yinni kichik jarohati tufayli Akmal Shorahmedov, Rasul Yo‘ldoshev hamda mashg‘ulotlarga endigina qo‘shilgan Elguja Grigalashvili o‘tkazib yubordi.

Kelgusi nazorat uchrashuvi “Andijon”ga qarshi 18 noyabr kuni o‘tkaziladi.

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 18:03, 11.11.2019.
O'qildi: 1924 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик