“Yuventus” yarim himoyachisi Blez Matyuidi A Seriya 12-turidan o‘rin olgan “Milan”ga qarshi kechgan bahsda jarohat olgandi.
Fransiyalik futbolchi jarohat sabab 70-daqiqada maydonni tark etgandi. Tibbiy ko‘rik xulosalariga ko‘ra, 32 yoshli futbolchining 10-qovurg‘asi singan.
Shu tariqa, Matyuidi Fransiya terma jamoasi yig‘inini o‘tkazib yuboradi.
La Gazzetta dello Sport’ning xabariga ko‘ra, futbolchining A Seriya 13-turidan o‘rin olgan “Atalanta”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi ham so‘roq ostida turibdi.