Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ayollar futboli. O‘zPFL Liga kubogi: “Surxon-W” – Buxoro-W 1:0

Ayollar futboli. O‘zPFL Liga kubogi: “Surxon-W” – Buxoro-W 1:0

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Olmaliq shahrida ayollar o‘rtasida O‘zPFL Liga Kubogining 5-7-o‘rinlar uchun bahslari davom etmoqda. Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi sababsiz musobaqaga yetib kelmaganligi uchun turnirda uchta jamoa ishtirok etyapti. Kecha Termizning "Surxon" jamoasi maydon egalari AGMK-W2 jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etib, imkoniyatlarini yaxshilab olgan edi.

Bugun tur o‘yinlari davom etdi. Unda "Surxon-W" va "Buxoro-W" jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi. Uchrashuvning 73-daqiqasida buxoroliklar jarima maydonlari ichida o‘yin qoidasini buzishdi. 11 metrli jarima zarbasini esa Dilafruz Toshpo‘latova aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Shu tariqa termizliklar muddatidan oldin beshinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ertaga bo‘lib o‘tadigan "Buxoro-W" va AGMK-W2 jamoalari uchrashuvi oltinchi o‘rin egasini aniqlab beradi.  Musobaqa g‘olibligi uchun kechadigan asosiy bahslar esa 14 noyabr kuni start oladi. Unda "Navbahor" (Namangan), "Andijanka" (Andijon), "Dinamo" (Samarqand) hamda "Sho‘rtan" (G‘uzor) jamoalari kuarsh olib borishadi.

Ayollar futboli bo‘yicha O‘zPFL Liga kubogi

12 noyabr, seshanba

SURXON-W– BUXORO-W 1:0

Olmaliq. OKMK sport majmuasi 31 tomoshabin

Hakamlar: Kristina Borisova, Aleksandra Konchikova, Darya Snetkova

Nazoratchi: N. Ro‘zimov

Komissar: Oybek Yunusov

Gol: Dilafruz Toshpo‘latova, 73 penaltidan (1:0)

 

Ogohlantirishlar: Fazilat Merganova, 53 – yo‘q.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 23:24, 12.11.2019.
O'qildi: 2322 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик