Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 20:30 Yaponiya 1-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza 1-2 Monpelye
03/05 23:45 Torino 0-0 Bolonya
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada

“Real”ning yashirin quroli: “bo‘lajak Karvaxal” haqida

“Real”ning yashirin quroli: “bo‘lajak Karvaxal” haqida

Baho:
+ | -

“Real” klubining kelajagi porloq. Ayni damda klub safidagi yosh iqtidorlarni istagancha sanash mumkin: Vinisius Junior, Braim Dias, Federiko Valverde, Rodrigo, Kubo... Biz esa “Real” yana bir iqtidori, ayni damda “Borussiya” safida porlayotgan himoyachi Ashraf Hakimi haqida so‘z yuritamiz.

Bundesliga “Real” futbolchilari uchun tajriba to‘plashga qulay chempionatga aylanib ulgurdi. Masalan, Daniel Karvaxalni olaylik. Bundesligada tajriba oshirib “Real”ga qaytgan ispaniyalik himoyachining bugun qanday darajaga yetganini bilasiz.

Ashraf Hakimi ham ayni damda “Borussiya”ning asosiy tarkib futbolchisi. Qizig‘i, himoyachi bo‘lishiga qaramasdan, hujumlarda qatnashib, muhim gollarga ham mualliflik qilyapti. Hujumkorlikni yaxshi ko‘radigan himoyachi. “Real” esa Hakimini Bundesligaga ijaraga berib, adashmadi.

“Real” himoyasida muammolar yuzaga kelayotgan bir paytda Ashraf Hakimidek futbolchilar juda zarur. Shu bois katta ehtimol bilan “qirollik klubi” futbolchini qaytarib oladi.

MUHIM MA’LUMOTLAR

Ashraf Hakimi 1998 yilning 4 noyabrida Madridda tug‘ilgan. Asli marokashlik. Marokash terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

2006 yilda “Real” akademiyasida shug‘ullana boshlagan Ashraf jamoaning barcha yosh toifasidagi jamoasida o‘ynagan. Asosan, o‘ng qanot himoyasida o‘ynaydi, ammo vaziyatga qarab markaziy himoyada ham to‘p surishi mumkin.

2016 yil yozida u “Kastilya” safiga qabul qilinadi va 28 ta o‘yinda maydonga tushadi. U yagona golini Segundada “Fuenlabrad” jamoasiga qarshi o‘yinda kiritadi, o‘shanda 1:1 hisobi qayd etilib, Ashraf jamoasini mag‘lubiyatdan asrab qoladi.

2017 yilning 19 avgustida 18 yoshga to‘lgan Ashraf “Real”ning asosiy jamoasi a’zosiga aylanadi va 19-raqamni oladi. 1 oktyabrda La Liga 7-turi doirasida “Espanyol”ga qarshi o‘yinda debyutini o‘tkazadi. Shuningdek, Hakimi “Real”da o‘ynagan birinchi marokashlik futbolchiga aylanadi. Ashraf birinchi golini “Santyago Bernabeu”da “Sevilya” darvozasiga kiritadi, o‘sha o‘yinda “Real” 5:0 hisobida zafar quchadi. 2017/2018 yillardagi mavsumda Ashraf 17 ta o‘yinda 2 ta gol urishga erishadi.

2018 yilning11 iyulida “Real” Hakimini “Borussiya”ga ijaraga beradi. Ijara ikki yilga tuzilgan.

Demak, bu shuni anglatadiki, 2020 yil yozida “Real” Ashrafni tarkibga qaytarib olishi mumkin. Shunisi aniqki, “Borussiya” futbolchini tarkibda saqlab qolishga urinadi. Agar Hakimi shu tarzda o‘ynashda davom etsa, Madrid klubi  katta ehtimol bilan himoyachini Madridga qaytaradi. Chunki shundoq ham Zidanda himoyada muammolar yetarlicha.

Agar Ramos klubdan ketadigan bo‘lsa, Ashraf uning o‘rnini bosishi mumkin, chunki yuqorida ta’kidladik, Ashraf markaziy himoyada ham o‘ynayveradi. Qolaversa, xuddi Ramos kabi hujumkorlikni yaxshi ko‘radi va gollar urib turadi. Hatto uning ba’zi gollarin ko‘rib, hujumchiga ham o‘xshatasiz. Ashraf gohida hujumda ayrim hujumchilardan ham yaxshiroq harakatlanadi. Ayniqsa, dubl qayd etgan oxirgi o‘yinidagi gollari tahsinga sazovor. Qolaversa, u Karvaxalning o‘rnini ham bemalol egallashi mumkin. Xorij OAVda uni hatto “bo‘lajak Karvaxal” ham deyishadi.

Xulosa o‘rnida aytarim shu, “Real”da juda yaxshi baza mavjud. “Qirollik klubi” “Barselona”dan farqli o‘laroq tajribasini oshirib borayotgan yosh avlodiga ega. O‘z  navbatida Zidan ham yoshlarga imkoniyat beryapti. Bu shuni bildiradiki, yaqin 2 yil ichida mutlaqo yangi “Real”ni ko‘rsak, ajab emas.

Nizomjon ISLOMOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:44, 13.11.2019.
O'qildi: 10317 marta.
Fikrlar: 145 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.