Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya 1-1 Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton 3-0 Arsenal
19/09 19:00 Everton 1-0 Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl 2-1 Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao 0-0 Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor 2-1 Buxoro
19/09 21:00 Roma 2-2 Inter
19/09 21:30 Selta 5-0 Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest 0-1 Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya 0-2 Lasio
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron 0-0 Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum

Taqdir zarbasi yiqitmasin, yigitlar!

Taqdir zarbasi yiqitmasin, yigitlar!

Baho:
+ | -

Bugungi o‘yindan so‘ng, barchada turli fikr paydo bo‘ldi. Kimdir terma jamoamizni uquvsizlikda ayblagan bo‘lsa, kimdir Abramovning Eronga boy bergan o‘yinini yodga olishni boshladi. Darhaqiqat, bu uslubdagi mag‘lubiyat Karlenichning faoilyatidagi 3-siga aylandi. Mayli, bu hozir muhim emas. Bugun o‘yin atrofida va undagi voqeyalar haqida «dardlashamiz».

Yaratganning hohishi va aybdor izlash kasalligi

Bizda qiziq odat bor. Agar terma jamoamiz mag‘lubiyatga uchrasa, darrov aybdor izlash «marosimi» boshlanib ketadi. To‘g‘ri, ayrim mag‘lubiyatlarda biz tomondan ham xatolar bo‘ladi biroq, bu safargi mag‘lubiyat bundan mustasno. Nega deysizmi? Bugungi terma jamoamiz baliqchi obrazida namoyon bo‘ldi. Biz yaxshi o‘yin ko‘rsatdik, kuchli va shakillangan jamoaga qarshi o‘z uslubimizda harakat qildik, gollar kiritdik, vaziyatlar yaratdik, biroq bugun omad bizdan butkul yuz o‘girdi va ovimiz baroridan kelmadi.

Nega bugungi mag‘lubiyatning alami ko‘plab ijobiy yutuqlarimizni e’tibordan chetda qolishiga majbur qilishi kerak? O‘zingiz o‘ylab ko‘ring. Bugun terma jamoamiz yigitlari anchadan beri muxlislar sog‘ingan hujumkor va tomoshabop futbol ko‘rsatishgani, qanotlar va markaz birdek ishlagani, tezkor qarshi hujumlar, to‘p nazorati singari jabhalardagi yutuqlarimiz ko‘zga tashlanmayapti?
 

Bugun yigitlar deyarli 40 ming muxlis oldida boshlarini eggancha, biroq bor kuchlarini maydonga tashlab chiqib ketishganini barcha ko‘rdi. Bu mag‘lubiyat guruhdagi vaziyatni og‘irlashtirgan bo‘lsada, futbolimizdagi jiddiy qadam ekanligini unutmaslik lozim. Mag‘lubiyat Abramov va uning shogirdlari uchun juda muhim dars bo‘lishiga ishonchim komil. Yo‘qotilgan 3 ochkodan fojea yasashning xojati yo‘q. Oldinda vaziyatni o‘nglash uchun o‘yinlar yetarli.

Biroz sabrli bo‘laylik

Ushbu mavsum startida “Chelsi” juda chiroyli o‘yin namoyish etgan bo‘lsada, juda ko‘p ochko yo‘qotgani hech kimning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa, ajab emas. Aristokratlar ustozi Lempard avval chiroyli va hujumkor o‘yinni shakillantirishga urg‘u berdi. Natija esa, mana endi ko‘zga tashlanmoqda. Biroz g‘alati o‘xshatishdek tuyulsada, vaziyat juda o‘xshash. Nima bo‘lgan taqdirda ham Abramov va yigitlarni bugungi o‘yindagi mag‘lubiyati uchun noshudga chiqarib qo‘yish noto‘g‘ri.

Agarda jamoa o‘sishda va shakillanishda davom etsa, Jidda shaxrida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda revansh olishimizga shaxsan men ishonaman. Bugun taqdirning ikkita zarbasidan so‘ng, o‘rnimizdan tura olmasak, hal qiluvchi bosqichga chiqib nima qilamiz? Balki, ushbu bosqichda doim osonlik bilan o‘tib kelganimizga o‘rganib qolgandirsiz, lekin shuni unutmangki, JCH uchun kurash bugundan boshlandi. Bundan avvalgi saralash o‘yinlaridan farqli o‘laroq bu safar kurashga erta kiryabmiz. Umid qilamanki, hal qiluvchi o‘yinlarga qadar yetarlicha zarbalarni qabul qilib olgan termamiz muhim o‘yinlar uchun imunitet hosil qilishga muvaffaq bo‘ladi. Taslim bo‘lishga erta.

Ya . U

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:56, 15.11.2019.
O'qildi: 6538 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик