Italiyaning «Atalanta» klubi prezidenti Antonio Perkassi Zlatan Ibragimovichni jamoaga olib kela olmasligini aytib o‘tdi.
— Ibragimovich — zr futbolchi, biroq, biz uni jamoamizga olib kela olmaymiz. Biz shunchaki moliyaviy tomondan chegaralangan klubmiz. Garchi, ko‘rsatayotgan natijalarimiz fantastik bo‘layotgan bo‘lsada, boshqa klublar singari yuqori kirimimiz yo‘q, - Perkassining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda ANSA.