Vinger Markus Reshford «Barselona» uchun jiddiy qurbonliklarga tayyor. Kataloniya klubi ingliz futbolchisini «Manchester Yunayted» talab qilayotgan 30 million yevro evaziga sotib olmoqchi emas. Agar klublar kelishuvga erisha olishmasa, Reshfordning Kataloniyaga qaytish ehtimoli juda past.
Biroq, Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, futbolchining o‘zi «ko‘k-anorranglilar» rahbariyatini uni to‘laqonli asosda sotib olishga ko‘ndirish uchun maoshining katta qismidan voz kechishga tayyor. Hozirda 28 yoshli futbolchi haftasiga 350 ming yevrodan ko‘proq maosh olmoqda. Uning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.













