Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

O‘rtoqlik o‘yini. Argentina - Urugvay o‘yinida jangovar durang qayd etildi (videosharh)

O‘rtoqlik o‘yini. Argentina - Urugvay o‘yinida jangovar durang qayd etildi (videosharh)

Baho:
+ | -

Argentina va Urugvay terma jamoalari Tel-Avivdagi «Blumfild» stadionida o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazishdi. Uchrashuvda jangovar durang qayd etildi.

Bahsning 34-daqiqasida urugvayliklar tomonidan uyushtirilgan chiroyli kombinasiyani Edinson Kavani samarali yakunlab, hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘limning 63-daqiqasida Messi tomonidan jarimadan yetkazilgan uzatmani Serxio Aguero bosh bilan raqib darvozasiga burib yubordi va muvozanatni tikladi.

Oradan atigi 5 daqiqa o‘tib, Luis Suares jarima zarbasi orqali ajoyib gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda to‘p Gonsalesning qo‘liga tekkani bois hakam penalti belgiladi. Messi 11 metrli jarima zarbasini golga aylantirib, o‘yindagi durangni ta’minladi.

O‘rtoqlik o‘yini
Argentina – Urugvay 2:2 (0:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 34 Kavani, 1:1 – 63 Aguero, 1:2 – 68 Suares, 2:2 – 90+2, penalti Messi.
Argentina – Andrada, Pesselya, Otamendi, Talyafiko, Saraviya, Paredes (Gonsales, 79), de Paul (Rodriges, 88), Akunya (Dominges, 68), Messi, Aguero, Dibala (Martines, 76).
Urugvay – Kampanya, Koates (Gonsales, 17), Vinya, Godin, Kaseres, Valverde (Bentankur, 75), Vesino, Losano (Rodriges, 88), Torreyra, Suares, Kavani (Laksalt, 56).
Ogohlantirishlar: Kavani (39), Paredes (40), Vesino (43), Godin (53), Gonsales (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:56, 19.11.2019.
O'qildi: 5835 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик