Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem 3-1 Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
24/01 19:00 Komo 6-0 Torino
24/01 20:00 Xitoy 0-4 Yaponiya
24/01 20:00 Byornli 2-2 Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem 2-1 Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti 2-0 Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya 3-2 Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina 1-2 Kalyari
24/01 22:30 Sevilya 2-1 Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut 3-2 Liverpul
25/01 00:45 Lechche 0-0 Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal 0-2 Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta
26/01 00:45 Roma - Milan
26/01 01:00 Alaves - Betis

«MYU»ning sobiq himoyachisi 12 kunlik ichkilikbozligi haqida gapirib berdi

«MYU»ning sobiq himoyachisi 12 kunlik ichkilikbozligi haqida gapirib berdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubining sobiq himoyachisi Devid Mey klubdan ketganidan keyin qiyinchiliklarga duch kelganligi haqida gapirib berdi.

Mey «Yunayted» tarkibida 1994 yildan 2003 yilgacha 85 ta uchrashuvda maydonga tushgan. U “MYU”ni erkin agent sifatida tark etganidan keyin bu unga ruhan salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Muammo Mey 1999 yilgi muvaffaqiyatli mavsumdan keyin jarohat oldi va keyinchalik «Xaddersfild» klubiga ijaraga berib yuborildi. Biroq, u «Xaddersfild» klubidagi dastlabki uchrashuvidayoq jarohat oldi va davolanish uchun «Yunayted»ga qaytdi.

«MYU»ga qaytganidan so‘ng  u jarohati bilan ovora bo‘lib yuraverdi va mavsum-2002/03dan keyin klub uni qo‘yib yubordi.

— Eslayman, Karringtondan chiqayotganimda barchasi tamom bo‘lgandi. Endi nima qilish kerak? Men bunga bardosh bera olmadim. Yig‘ladim. Orqaga suyanib nima qilish kerakligi haqida o‘ylardim.Mening faoliyatim tugadi, tamom bo‘ldi, — deb xotirlaydi Mey Daily Mailga bergan intervyusida.

— uyimda bir o‘zim ketma-ket 12 kun ichkilikbozlikka ruju qo‘ydim. Chempionat g‘olibligini nishonladik, ammo men uxlashga yotishim kerak edi. Shuning uchun bir butilka Krug shampanini olib nishonlash kechasini tark etdik. Bog‘ning o‘rindig‘ida bir devona o‘tirgan ekan, uning yoniga bordim va gaplashib o‘tirdim. Bu kechasi soat 1lar atrofida edi. Biz o‘sha devona bilan men olib chiqqan shampan vinosini ichib tugatgan edik.Men unga shisha tagida qolgan vinoni berib ketdim va bu meni 12 kun ichkilikbozlikka berilishimning birinchi kuni edi.

Oradan biroz vaqt o‘tgach Mey nazoratni qo‘ldan chiqarib yuborayotganini bildi.

— 13-kun? Men buni davom ettira olmasligimni tushundim. Men uyimga qaytishi kerak edi. Qilayotgan ishim noto‘g‘ri ekanligini bilgandim. Ehtimol, xuddi shu tushkunlikdan chiqish kerakligini ichganimdan keyin bilgandirman. Uyga qaytdim. «Byornli» klubidan taklif oldim va u yerda 12 oy o‘ynadim, keyin nafaqaga chiqdim, tamom.

Mey “Yunayted” tarkibida Premyer-ligada ikki marta g‘olib chiqqan va ikki marta Angliya Kubogini boshi uzra baland ko‘targan. Shuningdek, 1999 yilgi YECHL finalida “Bavariya”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda zahirada o‘tirgan edi.

Kiritildi: 14:51, 20.11.2019.
O'qildi: 2826 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.