Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Yetakchilikni uddalay olmagan yulduzlar

Yetakchilikni uddalay olmagan yulduzlar

Baho:
+1 | -

Top chempionatlarda g‘oliblik uchun kurash olib boradigan jamoalarning yetakchi futbolchisi bo‘lish juda mushkul ekanligi hech kimga sir emas. Darhaqiqat, kuchli bosim va tinimsiz e’tibor markazida bo‘lish oson emas. Bugun ana shunday bosimni yengib o‘ta olmagan yulduz futbolchilar haqida so‘z boradi.

Eden Azar – «Real Madrid»



Bu futbolchiniga bo‘lgan hurmatni saqlagan xolda ushbu ro‘yxatga kiritishga qaror qildik. To‘g‘ri, Azar Madridda o‘zining ilk mavsumini o‘tkazmoqda biroq, 30 yoshdan oshib ketgan futbolchining o‘yinida faqatgina pasayish kuzatilishi mumkin ekanligini bilish uchun futbol eksperti bo‘lish shart emas. Darhaqiqat, Eden jamoani tark etgan Ronalduning raqamini egalladi, lekin o‘rnini bosa olmadi. Katta ehtimol bilan bosa olmasa ham kerak. Belgiyalik futbolchidan muxlislar gollar kutgan bir paytda, u ortiqcha vazn muammosiga duch keldi. Bundan tashqari, unda o‘ziga bo‘lgan ishonch ham yetishmayapti. Madrid klubi Azarning yetakchilikni qo‘lga olishga qodir emasligini anglagach, Killian Mbappe transferi borasidagi ishlarni boshlab yuborishdan boshqa chora topa olmadi.

Ronaldino – «Milan»


Futbol afsungari «Barselona» muxlislari uchun barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi bo‘lsada, «Milan» tifozilarining fikri biroz o‘zgacharoq. Ronaldino Milan shaxri jamoasi sharafini 3 yil himoya qilganiga qaramay, klub muxlislarining ishonchini qozonishni uddalay olmadi. Yangilangan «Milan»ning yetakchisi bo‘lishi tahmin qilingan Roni Italiyada o‘zini umuman yo‘qotib qo‘ydi. 2002-yilda JCH g‘olibligini qo‘lga kiritgan va 2005-yilda «Oltin to‘p»ga loyiq ko‘rilgan Ronaldino 2008-yilda «Milan» safiga borib qo‘shiladi. «Milan» mutasaddilari uning trasnferidan katta daromad olishganini inobatga olmasa, Ronaldino klub uchun aytarli hech qanday karomat ko‘rsata olmadi.

Di Maria



2014-yilda «Manchester Yunayted» jamoasiga taklif qilingan argentinalik futbolchi klubning asosiy futbolchisi bo‘lishi tahmin qilingan edi, biroq barchasi o‘zgacha ko‘rinish oldi. «Real Madrid»dan 60 million yevro  evaziga harid qilingan futbolchi Van Gal tomonidan klubning yangi yetakchisi bo‘lishi bashorat qilingan va muxlislarning Di Mariadan umidlari katta edi. YECHLning amaldagi chempioni sifatida Manchesterga tashrif buyurgan qahramonimiz nafaqat muxlislar, balki o‘zining ham hafsalasini pir qiladi. APLning jismoniy futboliga ko‘nika olmagan Di Maria uzoq vaqt o‘ziga o‘xshamay to‘p surdi. Uyiga og‘rilar hujum qilishgach esa, sokinroq Parijga yo‘l oldi va «Manchester Yunayted»ning uni sotib yuborishdan boshqa chorasi qolmadi.

Robinyo – «Manchester Siti»


21 yoshida zamonaviy futbolning eng kuchli tehnikaga ega o‘yinchisiga aylangan Robinyoning faoliyati yorqin lahzalarga boy o‘tgani hech kimga sir emas. Shunday bo‘lsada, qahramonimiz barcha klublarda ham o‘zini to‘liq namoyish etishning chorasini topa olmagan. Ana shunday klublardan biri sifatida «Manchester Siti»ni ko‘rsatishimiz mumkin. 2008-yilda Sheyxlar tomonidan taklif etilgan fantastik maosh va faoliyatini qayta ishga tushirish maqsadida «Manchester Siti» safiga kelib qo‘shilgan qahramonimiz jamoa yetakchisi bo‘lishi kutilgan edi. Jamoa uning atrofida qurilgan bo‘lsada, Robinyo yetakchilikni qo‘liga olishni uddalay olmadi. Tungi kublar va tartibsiz hayot tufayli o‘z sport formasini yo‘qotib qo‘ydi. Ko‘plab mutaxassislar tomonidan APLning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lishi kutilgan braziliyalik futbolchi atigi 2 mavsumdan so‘ng, klubdan ketishga majbur bo‘ldi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 02:35, 21.11.2019.
O'qildi: 10398 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.