Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

«Tottenxem»da yana bir o‘zgarish ro‘y berishi mumkin

«Tottenxem»da yana bir o‘zgarish ro‘y berishi mumkin

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Londonning “Tottenxem” klubida o‘zgarishlar davom etmoqda.

Klubning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyoning so‘zlariga qaraganda, uning murabbiylar shtabida «Lill» klubining ikki nafar mutaxassisi ish boshladi.

Sky Sports nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, Fransiyaning vise-chempioni sport direktori Luish Kampush ham ish boshlash arafasida turibdi. Kampush Mourinyo bilan do‘stona munosabatda.

55 yoshli portugaliyalik Kampush 1993 yildan 2005 yilgacha o‘z vatanida «Avesh», «Jil Visente», «Vitoriyu» (Setubal)va «Beyra-Mar» klublarida murabbiy bo‘lib ishlagan. Keyinchalik u “Real”da skaut bo‘lib ishladi. So‘ngra «Monako» klubida rahbarlik lavozimida faoliyat olib borganidan so‘ng, 2017 yilning yozida «Lill» klubida sport direktori lavozimida ish boshladi.

O‘z vaqtida Kampush o‘zi ishlagan klublariga Xames Rodriges, Kilian Mbappe, Antoni Marsyal, Fabinyo, Nikolya Pepe va bir qator mashhur futbolchilarning transferlarida ishtirok etgan va o‘zi ishlagan klublar uchun 600 million yevroga yaqin foyda olib kelgan.

Kiritildi: 13:39, 21.11.2019.
O'qildi: 7436 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.