Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton 2-0 Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton 3-0 Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna 1-1 Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus 1-1 Lechche
03/01 22:30 Elche 1-3 Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut 2-3 Arsenal
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi
05/01 00:45 Inter - Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad - Atletiko

Ronaldu: «Menga bunday imkoniyatni bergan Xudodan minnatdorman»

Ronaldu: «Menga bunday imkoniyatni bergan Xudodan minnatdorman»

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu. Yoshligi mashaqqatlar ichra kechgan futbolchi hayotda juda ko‘p sinovlarni yengib o‘tgan. Ehtimol, shuning uchun ham uning hayot, futbol haqidagi fikrlari o‘ziga xosdir.

Imkoniyat haqida

"Bitta imkoniyat, portlash!"

Tanlov haqida

"Ehtimol, Messi siz uchun eng yaxshisi bo‘lishi mumkin, boshqalar esa Inyestani shunday deb o‘ylashlari mumkin. Men har kimning tanlovini hurmat qilaman, lekin men o‘zim uchun dunyodagi eng zo‘riman!»

Alloh haqida

“Otam menga doim yaxshilik qilib, boshqalarga yordam bersang, Xudo bu yaxshiligingni ikki baravar qilishini aytib yurgan. Men bilan ham shunday bo‘ldi. Men muhtojlarga yordam berishga harakat qildim va Xudo menga ko‘proq yordam berdi».

O‘yin haqida

"Har yili o‘z o‘yinim darajasini oshirishni xohlayman. Bu Messi bilan raqobat emas, bu o‘zi bilan raqobat».

"Futbol bu mening hayotim, eng katta ishtiyoqim va zavqim. ... Biz har kuni odamlarning o‘zlarining ishini yoqtirmasliklari, faqat pul ishlash uchun ishlashlari haqida shikoyat qilayotganlarini eshitamiz. Menga o‘zim yoqtirgan narsani qilish imkoniyatini bergani uchun Xudodan minnatdorman».

Xatolar, odamlar haqida

"Ko‘p marta aytib o‘tganimdek, men o‘zimni ideal deb atay olmayman. Men insonman. Men hamma odamlar singari go‘sht va qondan yaratilganman. Yig‘layman, kulaman, muammolarim bor. Aytilishi kerak bo‘lmagan narsani aytganimda, uzr so‘rayman".

Mashaqqat haqida

“Men qiyin ishlarni yaxshi ko‘radigan odamlardanman. Mening butun hayotim yangi qiyinchiliklarni topishga qaratilgan.

"Ko‘p gapiradigan kishi odatda ko‘p tinglamaydi".

Talabchanlik haqida

"Psixologik jihatdan, ehtimol mening eng kuchli xislatim – har doim yaxshiroq bo‘lishni istaganimdir. Balki, shuning uchun ko‘p yillar davomida men bunday yuqori darajani saqlab kelgandirman».

«Mashg‘ulotlarda men hech qachon takrorlay olmaydigan turli xil usullarni ko‘rsatardim. Men bir marta Skoulzga maqtandim. Pol esa to‘pni olib, bizdan ellik metr narida joylashgan bir daraxtga ishora qildi va birinchi urinishda unga tekkizishini aytdi. U to‘pni tekkizdi va takrorlashimni so‘radi. Men o‘n marta tepdim, lekin hech qachon nishonga tegmadi. Skoulz jilmayib, maydonni tark etdi".

«Iqtidorga ega bo‘lish yetarli emas. Qattiqroq ishlang».

“Eng yuqori darajada bo‘lish uchun biz boshqalardan ajralib turishimiz kerak. Biz yanada yaxshiroq va professional bo‘lishimiz lozim".

O‘tmish haqida

“Bizda pul bor, mashina bor, bizda hamma narsa bor. Ammo biz bularga erishish uchun nimalarni boshdan kechirganimizni bilmaysiz".

“Men noxush holatlarga ko‘nikib qoldim. Ba’zan odamlar men haqimda aytgan narsalarni eshitishdan charchayman, lekin bu hayotimning bir qismi. Doim kurashishga ko‘nikib ketdim».

Manba: sports.ru
Kiritildi: 14:01, 21.11.2019.
O'qildi: 7512 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.