Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Liga 1. Ikardi va Di Mariyaning gollari «PSJ»ga g‘alaba keltirdi (videosharh)

Liga 1. Ikardi va Di Mariyaning gollari «PSJ»ga g‘alaba keltirdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Fransiya chempionatining 14-turiga start berildi. «PSJ» o‘z maydonida «Lill»ni qabul qilib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Mezbonlar uchrashuvning 17-daqiqasida hisobni ochishdi. O‘ng qanotdan yetkazib bergan uzatmani Ikardi darvozaning bo‘sh qolgan qismiga joylab qo‘ydi. Oradan ko‘p o‘tmasdan Drakslerning uzatmasidan keyin Di Mariya darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va darvozani ishg‘ol qildi.

O‘yinning qolgan qismida har ikkala jamoada ko‘plab imkoniyatlar yuzaga keldi. "PSJ" futbolchilarining zarbalariga aniqlik yetishmagan bo‘lsa, Keylor Navas 2-3ta vaziyatda o‘z jamoasini qutqardi.

Neymar 40 kun ichida ilk marta parijliklar safida maydonga tushdi va 65-daqiqada uning o‘rniga shamollab qolgani aytilayotgan Kilian Mbappe tushirildi. Demak, har ikkala hujumchi 26 noyabr, seshanba kuni Yevropa chempionlar ligasi 5-turidan o‘rin olgan "Real"ga qarshi o‘yinga tayyor.

Ushbu g‘alabadan keyin "PSJ" o‘z ochkolarini 33taga yetkazib, ta’qibchilardan yanada ilgarilab ketdi.

Fransiya chempionati, 14-tur
PSJ – Lill 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 17 Ikardi, 2:0 – 31 Di Mariya.
PSJ – Navas, Menye (Dagba, 65), Tiago Silva, Kimpembe, Bernat, Guye, Markinyos, Draksler, Di Mariya, Ikardi (Kavani, 78), Neymar (Mbappe, 65).
Lill – Menyan, Chelik, Tiagu Jalo, Fonte, Gabriel, Reynildu, Andre (Yazidji, 78), Sumare, Sheka (Sanshesh, 61), Ikone (Remi, 70), Luis Araujo.
Ogohlantirishlar: Kimpembe (20), Menye (30).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:27, 23.11.2019.
O'qildi: 5134 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик